Putin Mirziyoyev unga yuqori baho berganini aytdi

© Press-slujba Prezidenta RF / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan
Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda O‘zbekiston prezidenti uning tarixga qo‘shgan hissasini bo‘rttirib” ko‘rsatganini aytdi

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z chiqishida Rossiya rahbarining tarixga qo‘shgan hissasini oshirib ko‘rsatganini qayd etdi.

Shu bilan birga Rossiya ikki davlat rahbarlari tomonidan davlatlaro aloqalarni rivojlantirish va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash borasidagi barcha kelishuvlarini bajarishini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Rossiya O‘zbekistonning muhim savdo hamkori

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev bugun, 19-oktabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Vladimir Putin bilan o‘tkazilgan kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda O‘zbekistonni “Rossiya Federatsiyasining ulkan yutuqlari quvontirishini, va bu yutuqlar jahon miqoidagi buyuk davlat arbobi Vladimir Vladimirovich Putinning dono, uzoqni ko‘zlab amalga oshiriladigan va qat’iy siyosati tufayli erishilayotgani”ni qayd etib o‘tgandi.

O‘zbekiston rahbari, shuningdek, “davlatlar o‘rtasida ko‘pqirrali hamkorlik va do‘stlik aloqalarini mutahkamlashga qaratilgan shaxsiy urinishlari” uchun Putinga minnatdorlik bildirgan edi.

"Tarixga qo‘shgan hissamni bo‘rttirib ko‘rsatdingiz, lekin sizni ishontirmoqchimanki, biz nimaga kelishgan bo‘lsak, barchasini bajaramiz. Ishonchim komil, bu bizning davlatlararo aloqalarimizga foyda keltirao‘di, xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlaydi, va shubhasiz, bizning mamlakatlarimiz xalqlari farovonligiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi”, - dedi Putin o‘z chiqishini yakunlar ekan.

Yangiliklar lentasi
0