TOSHKENT, 19 okt – Sputnik. Livanda “Zamin goʻzali” tanlov tashkilotchilari 26 yoshli beyrutlik Salva Akarni isroillik ishtirokchi bilan birga suratga tushganligi uchun uni unvondan mahrum etishdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Bu modellar Filippinda oʻtkazilayotgan “Zamin goʻzali” tanlov final bosqichida suratga tushishgan.
Akar bu hodisani izohlar ekan, kontakt linzalarni taqmaganligi sababli kim bilan suratga tushayotgani koʻrmaganligini maʼlum qilgan.
Tashkilotchilarni bu tushuntirishdan qoniqishmadi. Chunki isroillik ishtirokchida davlat nomi yozilgan lenta boʻlgan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
“Zamin Goʻzali” tanlovi Livan bosqichi rahbariyati OAVlar uchun bayonotida “Isroil bilan munosabatlarni qatʼiyan aloqalarni qoʻllab-quvvatlamaydi” deb maʼlum qilishgan.
Ikki davlat oʻrtasida diplomatik aloqalar yoʻq. Isroil huquq tartibot organlari Livanni “dushman davlat” deb nomlashadi.