O‘zbek kosmonavti yaqin kelajakda koinotga uchishi mumkin – Mirziyoyev

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovYuriy Gagarin na stansii Kosmonavtov
Yuriy Gagarin na stansii Kosmonavtov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin kelajakda o‘zbek kosmonavti koinotga uchishi mumkin, dedi Shavkat Mirziyoyev.

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Rossiya orasida ilm-fan, madaniyat, tibbiyot va turizm sohasida aloqalar izchil rivojlanib borayotganini qayd etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.  

“Yaqin kelajakda o‘zbek kosmonavti Rossiya kosmik kemasida koinotga uchishi ham ehtimoldan xoli emas”, - dedi Shavkat Mirziyoyev hujjatlarni imzolash marosimida.

Undan tashqari Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar ko‘plab hududiy va xalqaro masalalar bo‘yicha ikki davlat nuqtayi nazari mutlaq bir xil yoki bir-biriga juda yaqinligini ko‘rsatganini qayd etdi.

“Biz BMT, MDH, ShHT va boshqa nufuzli xalqaro uyushmalarida hamkorlik iqlishda davom etamiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti xavfsizlik masalalari bobrasida ham batafsil fikr almashilganini va terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurash masalasi doimo diqqat markazida bo‘lishini aytib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0