Madaniyat

Oʻzbekistonda 100 tomlik “Rus adabiyoti durdonalari” chop etiladi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Fotobankka oʻtishchitatelnitsa v biblioteke
chitatelnitsa v biblioteke - Sputnik Oʻzbekiston
“Rus adabiyoti durdonalari” oʻzbek yoshlarini rus adabiyoti bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi.

TOSHKENT, 19 okt – Sputnik. Vladimir Putin bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev rus madaniyatining oʻzbek jamiyati maʼnaviyatida tutgan oʻrniga yuqori baho berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“Buyuk rus madaniyati oʻzbek jamiyati maʼnaviyatining ajralmas boʻlagi boʻlib qoladi. Oʻzbek yoshlarini rus adabiyoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, biz Oʻzbekistonda 100 tomlik “Rus adabiyoti durdonalari” jamlanmasini chop etishni rejalashtirganmiz”, - dedi Oʻzbekiston prezidenti.

 Undan tashqari Shavkat Mirziyoyev yaqin orada oʻzbekistonlik kosmonavt Rossiya kosmik kemasida koinotga uchishi ehtimoldan xoli emasligini va Toshkentda 2020 yilda “Gʻalaba” majmuasti tashkil qilinishini aytib oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala