Afg‘oniston prezidenti parlament saylovlariga start berdi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishPrezident Islamskoy Respubliki Afganistan Ashraf Gani Axmadzay
Prezident Islamskoy Respubliki Afganistan Ashraf Gani Axmadzay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda dunyo e’tiborida turgan jarayonlardan biri - mamlakat parlamentiga saylovlar boshlandi

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani shanba kuni mamlakat parlamenti quyi palatasiga o‘tkazilayotgan saylovlarda ishtirok etdi. U Qobuldagi saylov uchastkalarining birida ovoz berish jarayonida ishtirok etdi va bu bilan mamlakatdagi umumsaylovlarga start berdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Direktor Vtorogo departamenta Azii MID Rossii Zamir Kabulov - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston bo‘yicha "moskva formati"dagi uchrashuvga tomonlar roziligi olindi

"Men har bir afg‘on fuqarosidan bugun ovoz berish huquqidan foydalanishni so‘rayman. Bu - sizning huquqingiz va faxriy burchingiz", - deb aytgan davlat rahbari.

Saylov uchastkalari shanba kuni 07.00 da ochilgan.

Joriy yilda Volus Jirgadagi deputatlik mandatlari uchun 2,5 mingdan ziyod nomzodlar kurash olib boradi. Ulardan 10%dan kamrog‘i (205 nomzod) 26ta siyosiy partiyalarning nomzodlaridir, qolgan barchasi mustaqil nomzodlar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Ovoz berish jarayoni Afg‘onistonning 34 provinsiyasidan 32tasida o‘tkaziladi - G‘azni provinsiyasi (u yerda 2019-yilning bahoriga belgilangan) va Qandahor (toliblarning gubernator ofisiga hujumi tufayli bir hafta keyin o‘tkaziladi) bundan istisno.

Shanba kuni Afg‘oniston hududida 7,5 mingdan 5 mingga yaqin saylov uchastkalari ish olib boradi. Uchdan bir qismi xavfsizlik choralari tufayli yopiq qoladi. Ovoz berish vaqtida mamlakatda tartib 50 ming nafardan ziyod milliy xavfsizlik kuchlari xodimlari tomonidan ta’minlanadi.

Saylovlarning dastlabki natijalari noyabr oyining birinchi dekadasida, yakuniy natijasi esa - 20-dekabrda aniq bo‘ladi.

Otkritie genkonsulstva Afganistana v Termeze - Sputnik O‘zbekiston
Termizda Afg‘oniston Bosh konsulxonasi ochildi

Hozirgi parlamentning vakolati muddati 2015-yil iyun oyida tugagan. Kelgusi saylovlarning o‘tkazilishi 2016-yilga rejalashtirilgan, ammo turli sabablarga ko‘ra qoldirilib kelingan, parlament vakolati esa prezident farmoni bilan uzaytirilgan edi. 2010-yilda o‘tkazilgan parlament saylovlari ko‘psonli qoidabuzarliklar va toliblarning uchastkalarga hujumi bilan o‘tgan.

Ekspertlar ta’kidiga ko‘ra, Afg‘onistonda o‘tkazilgan avvalgi saylovlar kabi bu saylovlar ham kamsonli qatnashchilar bilan xarakterlanadi. Bu nafaqat fuqarolarning saylov jarayoniga umumiy ishonchsizligi, balki xavfsizlik sohasida vaziyatning ziddiylashuvi bilan ham bog‘liq. Bundan tashqari, ilgariroq aytilgani kabi, so‘nggi yillarda jangarilar nazoratida bo‘lgan va jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlarning ortishi ko‘pgina tumanlarda doimiy saylov uchastkalari ochilishini shunchaki yo‘qqa chiqardi.

Yangiliklar lentasi
0