Oʻzbekiston va Rossiya hamkorlikda rus tili oʻqituvchilarini tayyorlaydi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishObucheniye migrantov russkomu yazыku
Obucheniye migrantov russkomu yazыku - Sputnik Oʻzbekiston
Hamkorlikning yana bir yoʻnalishi oʻqituvchilarning Oʻzbekistonda va Rossiyada amaliyot oʻtishlari va malaka oshirishini tashkil etish boʻladi. Bu pedagoglarning mahoratini oshirish, rus tilini oʻqitish boʻyicha tajribalarni oʻrganish va taʼlim jarayoniga joriy etishga koʻmak beradi

TOSHKENT, 20 okt - Sputnik. Abdulla Avloniy nomidagi xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti va Rossiyaning A.S. Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma imzoladilar.

Vizit prezidenta RF V. Putina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Putin va Mirziyoyev: qiziqishlar mutanosibligimi yoki manfaatlar toʻqnashuvi?

Hujjat Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolandi.

A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori Nargiz Raxmankulova va .S. Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti rektori Margarita Rusetskaya hujjatga oʻz imzolarini qoʻydilar.

Imzolangan hujjat doirasida taʼlim muassasalarining rus tili oʻqituvchilarini tayyorlash va rus tilini oʻqitish hamda targʻib etish uchun qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazishga kelishib oldilar.

Jumladan, tomonlar rus tilini oʻqitish boʻyicha taʼlim-metodik materiallar ishlab chiqish va moslashtirish uchun qoʻshma mualliflar jamoalari tuzishadi. Tashkilotlar kelgusida ilmiy va amaliy tajriba almashishga kelishib oldilar.

chitatelnitsa v biblioteke - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Oʻzbekistonda 100 tomlik “Rus adabiyoti durdonalari” chop etiladi

Oʻquv muassasalari rus tilini oʻqitish, innovatsion pedagogik texnologiyalar va boshqa mavzularga bagʻishlangan taʼlim, ilmiy-tadqiqot, maslahat seminarlar, konferentsiyalar, vebinarlar, forumlar va turli kurslar tashkil etishga kelishib olishdi.

Hamkorlikning yana bir yoʻnalishi oʻqituvchilarning Oʻzbekistonda va Rossiyada amaliyot oʻtishlari va malaka oshirishini tashkil etish boʻladi. Bu pedagoglarning mahoratini oshirish, rus tilini oʻqitish boʻyicha tajribalarni oʻrganish va taʼlim jarayoniga joriy etishga koʻmak beradi.

Tomonlar rus tilini mavqeini saqlab qolish, uni oʻqitilishi va oʻrganilishini mustahkamlash maqsadida madaniy-taʼlim va ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etishni rejalashtirdilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala