Alisher Usmonov Mail.ru boshqaruvini topshirdi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichMilliarder Alisher Usmanov
Milliarder Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ishonchim komilki yuqori texnologiyali kompaniyalarni – iqtidorli va maqsad sari intilgan yosh avlod boshqarishi kerak, - dedi Usmonov.

TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Alisher Usmonovning USM Holdings kompaniya Mail.ru Group boshqaruvini kompaniya direktori Borisa Dobrodeyevga topshirdi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

V.Putin vruchil gosudarstvennie nagradi v Kremle - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov Olmaliqda Misis universiteti filiali ochilishida ishtirok etadi

“Bugun bizning USM xolding,  Mail.ru Groupdagi o‘z ulushini Borisa Dobrodeyev boshchiligidagi kompaniya rahbariyatiga topshirdi. Men oxirgi yillar davomida ushbu ishni tayyorlash bilan shug‘ullangan edim. Ishonchim komilki yuqori texnologiyali kompaniyalar – iqtidorli va maqsad sari intilgan yosh avlod boshqarishi kerak. Ular raqamli biznes rivojlanish trendlarini yaxshi tushunadi”, - deyilgan Usmonovning rasmiy xabarida.

“Men boshqaruvdan ko‘nglim xotirjam ketmoqdaman: bizning biznes va moliyaviy natijalarimiz hech qachon bundan yuqori bo‘lmagan. Mail.ru Group jamoasi esa – o‘z ishini yaxshi biladigan professionallar. Ular mustaqil boshqaruv ostida bozorda o‘z pozitsiyalarini yanada mustahkamlaydi”, - dedi Alisher Usmonov. 

Eslatib o‘tamiz, Mail.ru Group bepul pochta va yangiliklar xizmatlaridan tashqari, “VKontakte”, “Odnoklassniki”, “Moy mir” kabi ijtimoiy tarmoqlarning ham egasi. Shuningdek, Delivery Club,  ZakaZaka, BeepCar va CityMobil internet orqali xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarda ulushga ega.

Yangiliklar lentasi
0