Dunyoda

Gorbachev: AQShning RSMD shartnomasidan chiqishi - bu katta xato boʻladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishMixail Gorbachev
Mixail Gorbachev - Sputnik Oʻzbekiston
RSMD shartnomasi kelajakda insoniyatni yadro qurolidan butunlay xalos qilishi mumkin.

TOSHKENT, 22 okt – Sputnik. SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachev AQShning yaqin va oʻrta masofali reketalarni yoʻq qilish haqidagi shartnomadan chiqishga qaror qilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi, deb yozadi RIA Novosti.

“RSMD shartnomasiga kiritilgan yechimlar oʻz vaqtida insoniyatning buyuk gʻalabasi boʻlgan edi. U kelajakda yadro qurolini butunlay yoʻq qilishga olib kelishi kerak edi. Ushbu ishni davom ettirish oʻrniga ayrim siyosatchilar “orqaga” qadam tashlamoqda”, - dedi Mixail Gorbachev.

Eslatib oʻtamiz 2 kun oldin Donald Tramp AQSH RSMD shartnomasidan chiqishi mumkinligini xabar qildi. Bu degani, AQSH yaqin va oʻrta masofalarga (500-1000 va 500-5500 km ) uchadigan ballistik raketlarni qaytadan ishlab chiqarishni boshlashi mumkinligini anglatadi.

Strelbы iz zenitno-raketnogo kompleksa «Strela-10» na vsearmeyskom konkurse «Chistoye nebo-2018» na baze Uchebnogo tsentra voyskovoy PVO Suxoputnыx voysk v Krasnodarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH SSSR bilan imzolangan raketalar haqidagi shartnomadan chiqishini eʼlon qildi

Vaholanki 1987 yilda imzolangan shartnomaga koʻra SSSR va AQSH ushbu turdagi yadroviy raketalarni mutlaq yoʻq qilib tashlashlari kerak edi. Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston va Belarus ushbu shartlarni 1993 yilda bajarishgan.

RSMD shartnomasi muddatsiz boʻlib, hech bir mamlakat undan oʻz-oʻzidan chiqa olmaydi. Faqatgina shartnoma shartlari boshqa mamlakat tomonidan buzilgan taqdirda ikkinchi tomon ham undan voz kechishi mumkin. Ayni damda AQSH, Rossiyani ushbu shartnomani buzishda ayblayotgan boʻlsada, bunga hech qanday dalil va isbot keltirgani yoʻq.

© WikipediaGorbachev va Reygan RSMD shartnomasini imzolashmoqda. Vashington, Oq uy 1987 yil 7 dekabr.
Gorbachev: AQShning RSMD shartnomasidan chiqishi - bu katta xato boʻladi - Sputnik Oʻzbekiston
Gorbachev va Reygan RSMD shartnomasini imzolashmoqda. Vashington, Oq uy 1987 yil 7 dekabr.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala