Mashinadan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olishni bekor qilish taklif etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, avtotransport vositalaridan foydalanishda yaqin qarindoshlarning bir-biriga ishonchnoma berish tartibini bekor qilish kerak.

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Avtotransport vositasidan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimini bekor qilish to‘g‘risida murojaat “Mening fikrim” portalida joylashtirildi.

Nochnoy Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mashina oynasini qoraytirishga ruxsat beriladi: to‘lovi 15,5 million so‘m

“Mashinasi bor odamlar yaxshi biladi. Bizda shunday tartib belgilanganki, oila a’zolari, yaqin qarindoshlar bir-birining mashinasidan maxsus ishonchnomasiz foydalana olmaydi. Soddaroq aytsak, bitta uyda, hovlida yashasak ham men otamning, otam mening nomimga rasmiylashtirilgan avtotransportdan foydalanishi uchun ancha vaqt va pul sarflab ishonchnoma olishimiz shart. Aka-ukalar, opa-singillar bilan ham xuddi shunday ahvol. Bu ham oilaviy budjetga zarar, ham hujjat tayyorlash uchun ko‘p vaqt sarflaysiz. Begona odamlarga ishonchnoma berishni tushunish mumkindir, lekin ota-ona bolasi, aka-uka, opa-singil bir-biriga ishonchnoma berishi, ochig‘ini aytsak qadriyatlarimizga ham, mentalitetimizga ham to‘g‘ri kelmaydi”, - deb yozgan murojaat muallifi.

Muallif fikriga ko‘ra, 1990-yillarda mashina o‘g‘irlash bilan bog‘liq voqealar ko‘p edi. Balki o‘sha paytda bu tizim o‘zini oqlagandir.

“Lekin hozirgiday yurtimiz innovatsion jihatdan rivojlanib borayotgan, “Xavfsiz shahar” tizimi ishga tushirilgan, yo‘llarimizda videokameralar ishlab turgan paytda bunaqa ishonchnoma berish tartibiga zarurat bormikan”, - deyilgan murojjatda.

Qayd etilishicha, avtotransport vositalaridan foydalanishda yaqin qarindoshlarning bir-biriga ishonchnoma berish tartibini bekor qilish kerak.

Bu ortiqcha qog‘ozbozlikning oldini oladi, oilaviy budjetga yordam bo‘ladi, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldi olinadi.

Hozircha bu murojaatga atigi 234 ta ovoz berildi. 

Yangiliklar lentasi
0