TOSHKENT, 22 okt - Sputnik. Yangi “Moskva – Qozon” tezyurar magistarali va uni Xitoyga davom ettirish barcha ekologiya talablariga javob beradigan tarzda amalga oshirilishi kerak, dedi hisob palatasi rahbari Aleksey Kudrin jurnalistlarga.
“Biz ushbu yoʻnalishdan maksimal darajada daromad olishimiz mumin, men Xitoydan yuk tranzitini aytayapman. Lekin bu ekologlar talablarini inkor qilish degani emas. Butun magistral boʻylab ekologiya talablariga javob beradigan yechimlarni topish kerak”, dedi Kudrin Strateglar forumida.
Biroz oldin, RIA Novostiga “Ekograd” jurnali bosh redaktori Igor Panarin ushbu temiryoʻl qurilishida suv kalamushlari va boshqa hayvonlarga zarar yetishi mumkinligi va ushbu masala keng jamoatchilik ishtirokida chuqur oʻrganilishi kerakligini aytgan edi.
RJD vitse-prezidenti Aleksandr Misharin aytishiga qaragandan yangi “Moskva – Qozon” temiryoʻli tabiiy sharoitga doʻstona uslubda yaratiladi, uning shovqini avtomobil yoki oddiy poyezddan ancha kam boʻladi, boʻlajak temiryoʻlini kesib oʻtish uchun 89ta hayvon yoʻlaklari ham qurish rejalashtirilgan, degan edi.
Yangi temiryoʻldan poyezdlar soatiga 200 dan 400 km/gacha tezlikda harakatlanishi mumkin boʻladi. Ayni damda Rossiyada bunday yoʻllar yoʻq. Moskva – Qozon tezyurar magistrali ana shunday yoʻllarning birnchisi boʻlishi mumkin. Uning qiymati 1,2 trillion rublga baholanmoqda.