Sergelidagi mashina bozorida to‘pponcha bilan yurgan erkak qo‘lga olindi

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanniy
Zaderjanniy  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erkakning shaxsi haqida ma’lumotlar to‘plash vaqtida N.A. psixonevrologik dispanser ro‘yxatida turishi ma’lum bo‘lgan.

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Toshkent shahri Sergeli tumanidagi avtomobil bozorida to‘pponcha bilan yurgan erkak qo‘lga olindi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Xonanda Munisa Rizayevani 24 ming dollarga chuv tushirishdi

Bozorda qurollangan shaxs yurgani haqidagi xabar Ichki ishlar organlariga soat 12:00 da kelganini ta’kidlagan.

Erkak Toshkent shahar IIBB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Erkak Yunusobod tumanida yashovchi 39 yoshli N.A. ekani ma’lum bo‘lgan. Ushbu fuqarodan “Makarov” pnevmatik to‘pponchasi va “kukri” pichog‘i olib qo‘yilgan.

Erkak qo‘lga olingach, vaziyatga oydinlik kiritish uchun Sergeli tumani Ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan.

Aniqlik kiritilishicha, N.A. avtomobil bozoriga qarindoshining Matiz va Epica rusumli avtomobillarini sotish uchun kelgan. Hech kimga ziyon yetkazmaslik uchun faqatgina havoga o‘q uzgan.

Erkakning shaxsi haqida ma’lumotlar yig‘ish vaqtida N.A. psixonevrologik dispanser ro‘yxatida turishi ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng, zudlik bilan davolanish uchun kasalxonaga yuborilgan.

Bozorda yuz bergan voqeada hech kim jabrlanmagan.

Yangiliklar lentasi
0