Jamiyat

Tekshiruv oʻtkazilmoqda: tugʻruqxonalarning 31 nafar rahbar xodimi lavozimidan ozod etildi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Mediabankka oʻtishMat s mladentsem
Mat s mladentsem - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ishchi guruhlar 15 oktyabrdan Toshkentda faoliyat yuritayotgan qator tugʻruq muassasalarda tekshiruv oʻtkazishmoqda.

TOSHKENT, 22 okt – Sputnik. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan respublikadagi tugʻruq muassasalari rahbarlaridan 31 nafari lavozimidan ozod etildi va intizomiy choralar qoʻllanildi, deb xabar qildi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlar - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Samarqand shahar 1-tugʻruqxona bosh iqtisodchisi katta pora olayotganda qoʻlga tushdi

Xabarda aytilishicha, muammolarni bartaraf etishni yoʻlga qoʻyish, jumladan, onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalarida ijobiy maʼnaviy muhitni shakllantirish, tibbiy va xoʻjalik xizmati xodimlarini oʻrnatilgan mehnat tartibiga amalga qilishga erishish, statsionar xizmat sifatini oshirish, tibbiyot maskanlarida taʼmagirlik va poraxoʻrlik holatlarining oldini olish, tugʻruq komplekslaridagi bemorlar orasida soʻrovnoma oʻtkazishni tiklash maqsadida monitoring oʻtkazish uchun ishchi guruhlar tashkil etildi.

“Ushbu ishchi guruhlar 15 oktyabrdan Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan tugʻruq muassasalari, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy va Respublika perinatal markazlari, Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinik tugʻruq hamda 3-klinikasi ginekologiya boʻlimlari faoliyatini oʻrganishmoqda.  

27 oktyabrga qadar davom etadigan monitoring natijalari oʻrganilib, tahlil etiladi hamda mavjud kamchiliklar boʻyicha qatʼiy chora-tadbirlar belgilab olinadi”, - deyilgan xabarda.  

Yangiliklar lentasi
0