Iqtisod

AQSH Rossiyaga qaraganda Oʻzbekistonga koʻproq investitsiya kiritmoqchi

AQSH Oʻzbekiston bilan investitsiya va savdo-sotiq darajasini yuqoriga koʻtarishni istamoqda, bu haqda bugungi Oʻzbekiston-Amerika biznes-forumida Amerika – Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm maʼlum qildi.

TOSHKENT, 23 okt – Sputnik. AQSH investitsiya va savdo sohasida hamkorlik darajasini yuqoriga koʻtarish maqsadida shu yilda yanada koʻproq bitimlarni bajarishga qaror qildi. Bu haqda Oʻzbekiston-Amerika biznes-forumida Amerika – Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm maʼlum qildi.

23 oktyabrya v gostinitse Hyatt Regency Tashkent sostoyalsya yejegodnыy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston-AQSH biznes-forumida 2,5 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

“Kecha senator Safayevdan ruslar bilan koʻproq bitimlar imzolanganligini bildik. Biz investitsiya va savdo darajasini koʻtarish maqsadida yanada koʻproq bitimlarni bajarishimiz mumkinligini tushundik. Oʻzbekiston bilan imzolangan memorandumlarimiz bu hali boshlanishi, biz faqat oldinga harakat qilmoqdamiz”, - dedi u.

Shuningdek, Lemm bu yil oʻzgacha boʻlganligini qayd etdi va Oʻzbekiston yetakchisi tomonidan islohotlar borasida olib borayotgan saʼy-harakatlar va AQSH savdo palatasi vakillari bilan samarali uchrashuv oʻtkazganligiga yuqori baho berdi.

“Oʻzbekiston biznesni yaxshilash maqsadida koʻplab toʻsiq va bosimlarni olib tashladi. Bu qiyin vazifa bajarildi. Bu bizga katta ishonch beradi”, - dedi Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi rahbari.

Shuningdek, u Oʻzbekiston prezidenti Amerika savdo palatasining barcha aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha majburiyatlari haqida aytib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, Vladimir Putinning Oʻzbekistonga amalga oshirilgan tashrifi yakunlari boʻyicha jami 27,1 milliard dollarlik 800 ta hujjat imzolandi.

Shu yil 9 oy davomida Oʻzbekiston va AQSH oʻzaro savdo hajmi ikki barobar koʻpaytirib, 332 million dollarga yetkazdi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston hududida AQSH kompaniyalari sarmoyasi ishtirokida 210 ta korxona faoliyat yuritadi. 2018 yil boshidan beri 25 ta bu kabi korxonalar ish faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

1998-2017 yillar davomida Oʻzbekiston iqtisodiyotiga AQSH investitsiya va kreditlarining umumiy hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala