AQSh Rossiyaga qaraganda O‘zbekistonga ko‘proq investitsiya kiritmoqchi

© pixabayDollari SShA
Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh O‘zbekiston bilan investitsiya va savdo-sotiq darajasini yuqoriga ko‘tarishni istamoqda, bu haqda bugungi O‘zbekiston-Amerika biznes-forumida Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm ma’lum qildi.

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. AQSh investitsiya va savdo sohasida hamkorlik darajasini yuqoriga ko‘tarish maqsadida shu yilda yanada ko‘proq bitimlarni bajarishga qaror qildi. Bu haqda O‘zbekiston-Amerika biznes-forumida Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm ma’lum qildi.

23 oktabrya v gostinitse Hyatt Regency Tashkent sostoyalsya yejegodniy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-AQSh biznes-forumida 2,5 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

“Kecha senator Safayevdan ruslar bilan ko‘proq bitimlar imzolanganligini bildik. Biz investitsiya va savdo darajasini ko‘tarish maqsadida yanada ko‘proq bitimlarni bajarishimiz mumkinligini tushundik. O‘zbekiston bilan imzolangan memorandumlarimiz bu hali boshlanishi, biz faqat oldinga harakat qilmoqdamiz”, - dedi u.

Shuningdek, Lemm bu yil o‘zgacha bo‘lganligini qayd etdi va O‘zbekiston yetakchisi tomonidan islohotlar borasida olib borayotgan sa’y-harakatlar va AQSh savdo palatasi vakillari bilan samarali uchrashuv o‘tkazganligiga yuqori baho berdi.

“O‘zbekiston biznesni yaxshilash maqsadida ko‘plab to‘siq va bosimlarni olib tashladi. Bu qiyin vazifa bajarildi. Bu bizga katta ishonch beradi”, - dedi Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi rahbari.

Shuningdek, u O‘zbekiston prezidenti Amerika savdo palatasining barcha a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha majburiyatlari haqida aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putinning O‘zbekistonga amalga oshirilgan tashrifi yakunlari bo‘yicha jami 27,1 milliard dollarlik 800 ta hujjat imzolandi.

Shu yil 9 oy davomida O‘zbekiston va AQSh o‘zaro savdo hajmi ikki barobar ko‘paytirib, 332 million dollarga yetkazdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston hududida AQSh kompaniyalari sarmoyasi ishtirokida 210 ta korxona faoliyat yuritadi. 2018-yil boshidan beri 25 ta bu kabi korxonalar ish faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

1998-2017 yillar davomida O‘zbekiston iqtisodiyotiga AQSh investitsiya va kreditlarining umumiy hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

Yangiliklar lentasi
0