Jamiyat

Avtomobilni boshqarish vaqtida telefondan foydalangan haydovchilarga jarima miqdori oshirildi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishRazgovor po mobilnomu telefonu vo vremya upravleniya avtomobilem
Razgovor po mobilnomu telefonu vo vremya upravleniya avtomobilem - Sputnik Oʻzbekiston
Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

TOSHKENT, 23 okt - Sputnik. 2018 yil 22 oktyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirish kiritildi.

Unga muvofiq, endilikda transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi (ilgari ikki baravar).

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, eng kam ish haqining toʻrt baravari (ilgari uch baravar) miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala