Jamiyat

Bolalar zaharlangan bogʻchada tekshiruv oʻtkazildi: 15 nafar xodim ishdan boʻshatildi

© Sputnik / Igor ZaremboObed v detskom sadu
Obed v detskom sadu - Sputnik Oʻzbekiston
Hamshira va barcha oshxona xodimlari ishdan boʻshatildi, MTM rahbarining lavozimiga mos kelish masalasi koʻrib chiqilmoqda.

TOSHKENT, 23 okt – Sputnik. Maktabgacha taʼlim vazirligi Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 433-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida ovqatdan zaharlanishning tahliliy natijalarini maʼlum qildi.

Xabarda aytilishicha, ushbu bogʻchaning 37 nafar tarbiyalanuvchisi bundan bir necha kun oldin oziq-ovqatdan zaharlanishi oqibatida kasalxonaga yotqizilgandi. 

Vazirlik xabar berishicha, hozirgi vaqtda barcha bolalar kasalxonadan chiqarildi.

Bolalardan tahlil namunalari olinib, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati (DSEN) bakteriologik laboratoriyasiga yuborildi. 

Yujnokoreytsы pomogut Uzbekistanu v sozdanii kontenta dlya doshkolnikov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda bogʻcha bolalari uchun media materiallar tayyorlaydigan markaz paydo boʻladi

“Ovqat tayyorlash texnologiyasining qoʻpol buzilishi va sanitar qoidalarga rioya qilmaganlik sababli, 2018 yilning 5 oktyabrida 433-sonli MTMning oshpazlari tomonidan tayyorlangan “teftellar”da ehtimol Shigella Fleksner 1b serotipi (xalqaro kasalliklari tasnifi boʻyicha A05.8) ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqargan”, - deyiladi DSEN xulosasi boʻyicha Laboratoriya tahlili natijalarida. 

Ammo aynan Shigella Fleksner oqibatida ovqatdan zaharlanishning dastlabki tashxisi toʻliq tasdiqlanmagan. Tashxis natijalariga koʻra, 37 nafar boladan faqat 6 nafarida ushbu mikroorganizm aniqlandi. 

Shuningdek, maxsus sovutgichdagi qopqoqli steril shisha idishlarda saqlanadigan kunlik ovqat namunalari ham tekshirildi. Namuna soʻnggi ovqatlanishdan 72 soat keyin (8 oktyabrda) olingan. Uzoq vaqt oʻtganiga qaramay, laboratoriyada bakteriologik tekshiruvlar ovqat namunasidan Shigella Flexnerni topmadi. 

Utrennik v detskom sadu Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Bogʻcha puli toʻlovlarida kimlar imtiyozga egaligi maʼlum qilindi

"Epidemiologik tekshirish va laboratoriya tadqiqotlari natijalari muassasaning oshxonasida sanitariya meʼyorlari va qoidalariga rioya qilmaslikni koʻrsatmoqda. 433-sonli MTMda dezinfektsiya va yuvish vositalari zaxirasi yetarli darajada boʻlishiga qaramay, tekshiruv vaqtida MTM xodimlari tomonidan kunlik foydalanish yetarli darajada emasligi aniqlandi”, - deyilgan vazirlik xabarida. 

Tekshiruv natijalariga koʻra, MTMning 15 nafar xodimi, rejali tibbiy koʻrikdan oʻtmaganligi uchun ishdan boʻshatildi. Hamshira va barcha oshxona xodimlari ishdan boʻshatildi, MTM rahbarining lavozimiga mos kelish masalasi koʻrib chiqilmoqda.

Taʼkidlanishicha, aniqlangan qoidabuzarliklar boʻyicha materiallar Bosh prokuraturaga berildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala