Jamiyat

Hayvon egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun toʻlov miqdori taklif etildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishBaranы
Baranы - Sputnik Oʻzbekiston
“Hayvon egalari hayvonga berilgan identifikatsiya raqamini saqlovchi atributi va veterinariya pasporti uchun belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishga majburdir”, – deyilgan qaror loyihasida.

TOSHKENT, 23 okt - Sputnik. “Hayvon egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun toʻlovlar undirish shartlari va tartibi toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Ushbu hujjat bilan “Hayvon egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun toʻlovlar undirish shartlari va tartibi toʻgʻrisida Nizom”ni tasdiqlash belgilangan.

Nizom obʼyekti boʻlib — hayvonlarni oʻz ehtiyoji yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun koʻpaytirish, boqish va saqlashni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli hayvonlar hisoblanadi.

Qaror loyihasida Veterinariya muassasalarida hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun toʻlov miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son Qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulotni ishlab chiqarish va sotishda (ishlar va xizmatlar) xarajatlar tarkibi va moliya koʻrsatkichlarini shakllanishi toʻgʻrisidagi Nizom” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 sentyabrdagi “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 748-son qaroriga asosan shakllantirilishi belgilangan.

Hayvon egalaridan hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun toʻlov miqdori quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Avtbomobil Chevrolet Malibu - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Buxoroda “Malibu”da mol oʻgʻirlash bilan shugʻullangan shaxslar qoʻlga olindi

- Yirik shoxli mollar ot, eshaklar va tuyalar – eng kam ish haqining 2 foizi;

- Mayda shoxli mollar, choʻchqa –  eng kam ish haqining 1,5 foizi;

- It va mushuklar –  eng kam ish haqining 1 foizi.

“Xayvon egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida undirilishini nazorat qilish Davlat veterinariya qoʻmitasi, Qoraqolpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi va viloyat veterinariya  boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi”, - deyilgan qaror loyihasida.

Qaror loyihasi 5 noyabrgacha muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala