Iqtisod

Oʻzbekiston-AQSH biznes-forumida 2,5 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova23 oktyabrya v gostinitse "Hyatt Regency Tashkent" sostoyalsya yejegodnыy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum
23 oktyabrya v gostinitse Hyatt Regency Tashkent sostoyalsya yejegodnыy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston-AQSH biznes forumida jami 12 bitim imzolandi.

TOSHKENT, 23 okt - Sputnik. Bugun, 23 oktyabr kuni "Hyatt Regency Tashkent"  mehmonxonasida Oʻzbekiston-AQSH biznes-forumi oʻtkazildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Biznes-forumda 2,5 milliard dollarlik jami 12 bitim imzolandi.

Biznes-forumi doirasida gazni qayta ishlash, Jizzax viloyatida tekstil klasterini tashkil qilish, “Koka-Kola Oʻzbekiston” QK modernizatsiya va ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, “Dori-darmon” apteka tarmogʻini AQSH kompaniyasiga oʻtkazish, kasalliklarni aniqlash uchun tashhis test tizimlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, pul banknotalarini chiqarish boʻyicha hamkorlik qilish, ilgʻor toʻlov texnologiyalarni tatbiq etish sohasida hamkorlik qilish, toʻgʻridan-toʻgʻri AQSH investitsiyalarini jalb qilish sohasida hamkorlik qilish, “Toshkent qishloq xoʻjalik texnikasi zavodi” bazasida qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonani tashkil qilish va traktorlarni yetkazish haqida bitimlar imzolandi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova23 oktyabrya v gostinitse "Hyatt Regency Tashkent" sostoyalsya yejegodnыy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum
Oʻzbekiston-AQSH biznes-forumida 2,5 milliard dollarlik bitimlar imzolandi - Sputnik Oʻzbekiston
23 oktyabrya v gostinitse "Hyatt Regency Tashkent" sostoyalsya yejegodnыy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonga kelgan Amerika – Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Joriy yil boshidan Oʻzbekistonda AQSH investitsiyalari ishtirokida 25 yangi korxona tashkil etildi, oʻzaro savdo hajmi ikki barobar koʻpaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala