Jamiyat

Oʻzbekiston razvedkachilari Britaniyada oʻtkazilgan xalqaro tanlovda gʻolib boʻldi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaVoyskovыe razvedchiki Uzbekistana pobedili na konkurse "Kembriyskiy patrul" v Velikobritanii
Voyskovыe razvedchiki Uzbekistana pobedili na konkurse Kembriyskiy patrul v Velikobritanii  - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari guruhi Buyuk Britaniyada razvedka boʻlinmalari oʻrtasidagi “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida ishtirok etdi.

TOSHKENT, 23 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida qoʻshin razvedkachilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Kembriya patruli” xalqaro tanlovida birinchilikni qoʻlga kiritdi. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga asosan.

Ministr oboronы RUz Abdusalom Azizov nagradil pobediteley letnix Olimpiyskix igr - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Abdusalom Azizov Osiyo oʻyinlari gʻoliblariga harbiy unvonlarni topshirdi

15−17 oktyabr kunlari Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari guruhi Buyuk Britaniyada razvedka boʻlinmalari oʻrtasidagi “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida ishtirok etdi.

Musobaqada 34 davlatdan 123 ta jamoa qatnashdi.

“Kembriya patruli” musobaqasi 40 yildan buyon Uelsda anʼanaviy ravishda oʻtkazib kelinadi. Ushbu tanlov dunyo harbiy xizmatchilari ichida oʻtkaziladigan eng murakkab va nufuzli musobaqalardan biri hisoblanib, uni maxsus boʻlinmalarga saralash jarayoni bilan ham taqqoslashadi. Bunda asosiy eʼtibor harbiy xizmatchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligiga qaratilgan.

Ishtirokchilar Kembriya togʻlarida toʻliq jangovar qurollangan holda hech qanday navigatsiya vositalarisiz kamida 25 kg yuk bilan 70 km masofani bosib oʻtishda 1500 m balandlikka koʻtarilib, 1000 m tik nishablikni 48 soat ichida bosib oʻtishlari lozim.

Nemetskiy voyennыy spetsialist Klaus Xyutger - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda Germaniya harbiy mutaxassislari mashgʻulot oʻtkazishdi

2017 yilda mazkur musobaqada 29 mamlakatdan 139 ta jamoa qatnashgan edi. Unda birinchi marta ishtirok etgan Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi faxrli ikkinchi oʻrinni zabt etgan boʻlsa, bu yilgi tanlovga qatʼiy tayyorgarlik va aniq maqsadlar bilan borgan oʻzbekistonlik harbiylari mezbon davlat vakillari bilan shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi.

Ikkinchi oʻrin Buyuk Britaniya, Hindiston va Frantsiya jamoalariga nasib etgan boʻlsa, uchinchi oʻrinni Buyuk Britaniya va Qozogʻistondan kelgan jamoalar egalladi. Qiziqarli jihat, ushbu tanlovda Angliyaning 90 ta jamoasi ishtirok etdi.

Kecha, 22 oktyabr kuni Mudofaa vazirligi markaziy apparatida “Kembriya patruli” tanlovining gʻoliblarini taqdirlashga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Nachalo sovmestnыx uzbeksko-tadjikskix voyennыx ucheniy v Sogdiyskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston maxsus harbiy boʻlinmalari xalqaro musobaqada ishtirok etadi

Tadbirda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov mamlakatimizga oltin medallar bilan kelgan gʻolib jamoa aʼzolarini qutladi va oʻtgan yillarga nisbatan vazirlik qoʻshinlarida jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlari bir necha marta ham sifat, ham soni boʻyicha koʻpaygani evaziga mana shunday yutuqlarga erishilayotganini taʼkidladi. 

“Prezidentimizning joriy yilda Buxoro viloyatida joylashgan harbiy qismga tashrifi davomida oʻtgan yilda “Kembriya patruli” tanlovida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan qoʻshin razvedkachilarimiz bu yilda, albatta, gʻoliblik shohsupasini egallab, yorugʻ yuz bilan Vatanga qaytishga vaʼda berishgandi va buning uddasidan chiqishdi.

Bir haqiqatni tan olishimiz kerak – bunday gʻalabaga Vatanni sevmasdan, unga sodiq boʻlmasdan erishib boʻlmasdi!,” – dedi Abdusalom Azizov.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan gʻolib harbiy xizmatchilarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi. Toʻqqiz nafar tanlov gʻolibi Oʻzbekiston mudofaa vazirining “Namunali xizmati uchun” koʻkrak nishoni hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala