O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida o‘zaro savdo hajmi ikki barobar ko‘paydi

Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal delegatsiyu Amerikano-Uzbekskoy torgovoy palati
Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal delegatsiyu Amerikano-Uzbekskoy torgovoy palati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil boshidan O‘zbekistonda AQSh investitsiyalari ishtirokida 25 yangi korxona tashkil etildi, o‘zaro savdo hajmi ikki barobar ko‘paydi.

TOShKENT, 23 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-oktabr kuni O‘zbekistonda AQSh biznesi haftaligi tadbirlarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Flag SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh savdo vaziri ilk marotaba O‘zbekistonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.

Joriy yil may oyida AQShga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifning samarali natijalari strategik sheriklikning yangi davrini boshlash imkonini berdi.

AQShning “Djeneral Elektrik”, “Boing”, “SiEnEych Indastrial”, “Djon Dir”, “Xanivell”, “Silverlif”, “Uayt end Keys” va boshqa ko‘plab kompaniyalari bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya va innovatsiya sohalaridagi o‘zaro hamkorlik kengaymoqda.

Bugungi kunda mashinasozlik, neft-gaz va gaz-kimyo, elektr energetikasi, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini qamrab olgan qiymati 5 milliard dollardan ziyod istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Sbor xlopka - Sputnik O‘zbekiston
AQSh o‘zbek paxtasini bolalar mehnati yordamida ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxatidan o‘chirdi

Joriy yil boshidan O‘zbekistonda AQSh investitsiyalari ishtirokida 25 yangi korxona tashkil etildi, o‘zaro savdo hajmi ikki barobar ko‘paydi.

O‘zaro manfaatli biznes hamkorlikni mustahkamlashda tarkibiga AQShning jahonga mashhur 37 ta kompaniyasi, investitsiya korporatsiyalari va banklari kirgan Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi muhim rol o‘ynayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuvda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, avvalo, texnologiyalar sohasidagi sheriklikni rivojlantirishning aniq istiqbollari muhokama qilindi.

Erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, shuningdek, Palataning yangi a’zolarini jalb etgan holda, investitsiya loyihalarini tayyorlash muhimligi qayd etildi.

Goroda mira. Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
AQSh migrantlarga grin-karta berish talabini keskinlashtirmoqchi

AQSh kompaniyalarining O‘zbekiston bozorida uzoq muddat faoliyat yuritishi uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Kerolin Lemm Shavkat Mirziyeyovga samimiy qabul hamda Palata a’zolarining O‘zbekistondagi faoliyatiga ko‘rsatilayotgan har tomonlama ko‘mak uchun AQSh ishbilarmonlar hamjamiyati nomidan chuqur minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekistonda barcha soha va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohot va yangilanishlar tadbirkorlik tashabbuslarini muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarishda keng imkoniyatlar yaratayotgani qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0