Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarning ikkinchi guruhi vatanga qaytarildi

© Sputnik / Marina Makoveskaya / Mediabankka o‘tishTadjikskie trudovie migranti v vagone poyezda Moskva-Dushanbe
Tadjikskie trudovie migranti v vagone poyezda Moskva-Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonliklarga ularning yashash manziliga qadar yo‘l xarajatlarini qoplash maqsadida eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida pul mablag‘lari tarqatilgan

TOShKENT, 23 okt - Sputnik. Xorijda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarning 42 kishidan iborat ikkinchi guruhi 22-oktabr kuni O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Tashqi mehnat migratsiya agentligi Samarqand viloyati filiali direktori Abduaziz Xafizov.

Vidacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoe projivanie - Sputnik O‘zbekiston
A’lochi-migrantlar Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishi mumkin

"Yurtdoshlarimizni Toshkent Xalqaro aeroportida qarindoshlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari Ravshan Ibragimov, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklarining mas’ul vakillari kutib olishdi", - dedi Xafizov.

Shundan so‘ng, fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga olib borilib, u yerda to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan. Fuqarolar salomatligi nazoratga olingach, Agentlik rahbari Ravshan Ibragimov, tashqi mehnat migratsiyasi va qaytib kelgan mehnat migrantlarini reintegratsiyalash dasturi boshqarmasi boshlig‘i Dilafruz Ikromova, ishsiz aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha "Ishga marhamat" monomarkazi direktori Dilobar Ismoilova hamda "Mikrokreditbank" mas’ul xodimi ishtirokida uchrashuv o‘tkazilgan.

"Uchrashuvda xorijda og‘ir ahvolda qolgan fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularning kelgusi faoliyatlari uchun kerakli imkoniyatlarni yaratish, jumladan, xususiy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishlari uchun mikrokreditlar ajratish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi", - deb ta’kidladi Xafizov.

Inostrannie rabochie vo vremya provedeniya reyda FMS v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya "spespriyomnik"laridagi O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarilmoqda

O‘zbekistonliklarga ularning yashash manziliga qadar yo‘l xarajatlarini qoplash maqsadida eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida pul mablag‘lari tarqatilgan.

Fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish bilan bog‘liq tashkiliy ishlar O‘zbekiston Respublikasi rezidentining 2018-yil 5-iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida tashkil etilgan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0