Iqtisod

"Katta poyga": Oʻzbekiston uchun Rossiya bilan kimoʻzarga bel bogʻlagan AQSH

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova23 oktyabrya v gostinitse "Hyatt Regency Tashkent" sostoyalsya yejegodnыy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum
23 oktyabrya v gostinitse Hyatt Regency Tashkent sostoyalsya yejegodnыy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum - Sputnik Oʻzbekiston
Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya hamda tovar ayriboshlash koʻrsatkichlarida Rossiyaga yetib olish haqida jiddiy bosh qotirmoqda. Moskva imzolagandan koʻproq kelishuvlar va shartnomalarni imzolash rejasi haqida Toshkentda oʻtkazilgan ikkiyoqlama biznes-forumda Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm gapirdi

TOSHKENT, 23 okt - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi doirasida Toshkentda oʻtkazilgan va katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan Oʻzbekiston-Rossiya mintaqalararo forumi yakunlanganiga koʻp vaqt oʻtmay, bugun, 23 oktyabr kuni Oʻzbekiston poytaxtida Amerika biznes doiralari vakillari ishtirokidagi biznes-forum tashkillashtirildi.

Tadbirda Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va ilk marotaba AQSH savdo vaziri Uilbur Ross ishtirok etishdi.

Bir kun oldin Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyev Kerolin Lemm boshchiligidagi Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi delegatsiyasini qabul qilib, uchrashuvda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, avvalo, texnologiyalar sohasidagi sheriklikni rivojlantirishning aniq istiqbollarini muhokama qilgani haqida xabar bergan edi.

Safoyev oʻzbek-amerika munosabatlarining yangi bosqichi haqida gapirdi

Forumni ochib bergan Oʻzbekiston Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev oʻz nutqida "88 ta amerika kompaniyalari Oʻzbekistonga kelib, biznesni tashkil etishi kecha qiyin masala boʻlganini", ammo bu oʻzgarishlar 2ta muhim omil asosida amalga oshayotganini aytdi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova23 oktyabrya v gostinitse "Hyatt Regency Tashkent" sostoyalsya yejegodnыy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum
Katta poyga: Oʻzbekiston uchun Rossiya bilan kimoʻzarga bel bogʻlagan AQSH - Sputnik Oʻzbekiston
23 oktyabrya v gostinitse "Hyatt Regency Tashkent" sostoyalsya yejegodnыy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum

Safoyevga koʻra, birinchi omil bu - Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2 yil davomida amalga oshirgan, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy jihatdan modernizatsiya qilishga qaratilgan taʼsirchan islohotlar boʻlib, buning natijasida amerikaliklar Oʻzbekistonga dadil kirib kela olishlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

Senator ikkinchi omil sifatida bugungi forum, yaʼni AQSH tomonidan bildirilayotgan qiziqishni koʻrsatib oʻtdi. Safoyevning aytishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp va Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuv ikkiyolama munosabatlarga yangicha ruh bergan. "AQSH savdo vazirining Oʻzbekistonga kelgani, bugun shu tadbirda ishtirok etayotgani - mana shunday prezent ikkiyoqlama munosabatlarning yangi bosqichidan dalolat beradi", - dedi senator.

Xolmurodov amerikaliklarni investitsiya kiritishga chorladi

Bosh vazir oʻrinbosari, Investitsiya boʻyicha Davlat qoʻmitasi raisi Suxrob Xolmurodov biznes-forum ishtirokchilarini qutlar ekan, AQSH savdo vaziri Uilbur Ross ikkiyoqlama munosabatlar tarixida ilk marotaba Oʻzbekistonga tashrif buyurganiga urgʻu berdi.

Dollarы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
AQSH Rossiyaga qaraganda Oʻzbekistonga koʻproq investitsiya kiritmoqchi

Xolmurodovning soʻzlariga koʻra, AQSH savdo vaziri Oʻzbekistonda chet el investitsiyalarini jalb etish boʻyicha tizimli ravishda qulay shart-sharoitlar yaratilayotganini taʼkidlab, Toshkent va Vashington oʻrtasidagi strategik hamkorlikni chuqurlashtirishdan tomonlar birdek manfaatdorligini qayd etib oʻtgan.

Investitsiya qoʻmitasi rahbari Oʻzbekistonda tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashning yangicha yoʻnalishlari shakllantirilayotganini aytdi va Oʻzbekiston hukumati chet el investitsiyalari xavfsizligini toʻliq taʼminlashga shayligini, ular toʻliq himoya qilinishini alohida qayd etdi.

"Umid qilamanki, amerika kompaniyalari rahbarlari bugun Oʻzbekistonga yangicha nazar bilan qarashadi va oʻzlari uchun katta iqtisodiy salohiyatga ega loyihalarni belgilab olishadi", - dedi u.

Xolmurodov AQSH kompaniyalariga kimyo va neft-kimyo sanoati sohasida, geologik qidiruv, qurilish materiallarini ishlab-chiqarish, agrosanoat majmualari sohalariga investitsiya kiritishni taklif etdi.

"Qadimiy shaharlarimiz - Samarqand, Buxoro va Xivada turizm, mehmonxona biznesi infratuzilmalarini rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratmoqdamiz. Barchangizni shiddat bilan rivojlanayotgan turizm sohasidagi noyob imkoniyatdan foydalanishga va loyihalarda ishtirok etishga chaqiramiz", - dedi Bosh vazir oʻrinbosari.

AQSH Rossiya bilan poyga oʻynamoqchi

Forumda soʻzga chiqqan Amerika-Oʻzbekiston savdo-palatasi raisi Kerolin Lemm AQSH Oʻzbekiston bilan savdo va investitsion hamkorlikni oshirmoqchiligini bayon etdi.

23 oktyabrya v gostinitse Hyatt Regency Tashkent sostoyalsya yejegodnыy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston-AQSH biznes-forumida 2,5 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

Lemmning taʼkidiga koʻra, Oʻzbekiston-AQSH munosabatlari katta masofani bosib oʻtdi.

"Ammo bu yil ushbu munosabatlarda oʻzgacha yil boʻldi. Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifidan boshlab, uning Tramp bilan uchrashuvigacha. Prezident bizning kompaniyalarimiz bilan uchrashish uchun vaqtini ayamaydi. Bu bizga ilhom bagʻishlaydi va ishonch beradi", - dedi Amerika-Oʻzbekiston savdo-palatasi raisi.

Lemmning taʼkidiga koʻra, AQSH investitsiyalar borasida Rossiya koʻrsatkichlariga yetishga bel bogʻlagan.

"Kuni kecha senator (Sodiq) Safoyevdan ruslar koʻproq bitim imzolagani haqida muhim maʼlumotni bilib oldik. Biz shunday qarorga keldikki, investitsiyalar va savdo hamkorligi koʻrsatkichini oshirish uchun koʻproq ishlarni amalga oshira olamiz. Oʻzbekiston bilan memorandumlarimiz - bu faqat boshlanishi, biz faqat oldinga harakat qilmoqdamiz", - dedi Lemm.

Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi raisining soʻzlariga koʻra, amerika kompaniyalari Oʻzbekistondagi loyihalarga 9 milliard dollardan koʻproq mablagʻ tikishga tayyor.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova23 oktyabrya v gostinitse "Hyatt Regency Tashkent" sostoyalsya yejegodnыy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum
Katta poyga: Oʻzbekiston uchun Rossiya bilan kimoʻzarga bel bogʻlagan AQSH - Sputnik Oʻzbekiston
23 oktyabrya v gostinitse "Hyatt Regency Tashkent" sostoyalsya yejegodnыy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum

Oʻzbekiston-Amerika biznes-forumida toʻrt asosiy spikerlardan biri boʻlgan - AQSH savdo vaziri Uilbur Ross ham tadbir ishtirokchilari qarshisida nutq soʻzladi.

Ross Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berib, "bunday islohotlar mamlakatdagi investitsiya muhitini yaxshilashiga xizmat qilishini", "bunday oʻzgarishlar oʻsish va farovonlikning yangi davriga olib borishini" qayd etdi.

Shuningdek, AQSH Savdo vazirligi Oʻzbekiston hukumati bilan savdo hamkorligini kengaytirish boʻyicha ish olib borayotgani haqida ham aytib oʻtdi.

Amaldagi ishlar

Endi faktlarga oʻtsak. Ilgariroq, yuqorida taʼkidlaganimiz kabi, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda Kerolin Lemm respublikaga kiritiladigan investitsiyalar hajmi 5 milliard dollardan oshishi mumkinligini aytgan edi. Ammo joriy yilning 9 oyi mobaynida bu investitsiyalar bor-yoʻgʻi 332 million dollarni tashkil qildi.

Amerikaliklar hozircha memorandumlar bilan cheklanib turgan bir vaqtda, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Toshkentga rasmiy tashrifi rekord darajadagi ikki tomonlama bitimlar va investitsiya borasida eng yirik takliflar bilan yodda qoldi. Putinning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida umumiy hajmi 27,1 milliard dollarlik 800dan ziyod hujjatlar imzolandi. Ikki davlat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 6 milliard dollarni tashkil etadi, tomonlar tez orada bu koʻrsatkichni 10 millardga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Gosudarstvennыy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Putin tashrifi maqsadi: Oʻzbekiston va Rossiya I mintaqalararo hamkorlik forumi yakunlari

Qolaversa, Oʻzbekistonga oʻz tovarlari va xizmatlarini eksport qiladigan mamlakatlar roʻyxatida ham AQSH hatto birinchi oʻntalikdan joy egallamagan.

Rossiya Federatsiyasi eksporti umumiy savdo trafigidan 20%ni tashkil qilsa, AQSH 1,4% koʻrsatkich bilan Ukraina bilan bu pozitsiyani boʻlishmoqda va hatto Latviyadan keyingi oʻrinda joy olgan.

Rossiya – Oʻzbekistonning eng yirik savdo va investitsion hamkorlaridan biridir. Oʻzbekiston Rossiyaga oʻz meva-sabzavotlari, avtomobillari va tekstil mahsulotlarining kattagina qismini eksport qiladi.

RF bundan tashqari, Oʻzbekistondagi yirik investloyihalarda ishtirok etadi. Bugungi kunda Rossiya kompaniyalarining Oʻzbekistondagi loyihalarga kiritgan mablagʻlari 9 milliard dollarga yaqinlashmoqda. Ularning eng yirigi neft-gaz sohasi, shuningdek, energetika loyihalari bilan bogʻliq.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala