Transportni mast holda boshqarganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPiteynie zavedeniya Moskvi
Piteynie zavedeniya Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yil birinchi yarim yilligida "ichib qo‘lga tushganlar" soni 26 301 tani tashkil etgan.

TOShKENT, 23 okt - Sputnik. 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish kiritildi

O‘zgartirishga asosan mast holda transport vositalarini boshqargan haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilinishi bilan birgalikda eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima ham to‘laydi.

Razgovor po mobilnomu telefonu vo vremya upravleniya avtomobilem - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobilni boshqarish vaqtida telefondan foydalangan haydovchilarga jarima miqdori oshirildi

Xuddi shunday transportni boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan transportni mast holda boshqarish eng kam ish haqining qirq baravari miqdorida (ilgari o‘ttiz baravar) jarima solishga yoki o‘n besh sutka muddatga (ilgari ko‘pi bilan o‘n besh sutkagacha) ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Mast shaxsga transportni boshqarishni topshirgan shaxs esa transport vositasini boshqarish huquqi bilan ikki yildan uch yilgacha “xayrlashadi”, bundan tashqari eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima ham to‘laydi (ilgari 15 baravargacha jarima solinardi yoki ikki yildan uch yilgacha muddatga boshqarish huquqidan mahrum qilinardi).

Statistik ma’lumotlarga qaraganda transport vositalarini mast holda boshqarish bilan bog‘liq huquqbuzarlik 2016-yilda 37 373 ta aniqlangan bo‘lsa, 2017-yilda 53 541 ta (41,63 % oshgan) xuddi shunday huquqbuzarlik qayd etilgan. 2018-yil birinchi yarim yilligida esa "ichib qo‘lga tushganlar" soni 26 301 tani tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0