The Muslim 500: dunyoning eng obro‘li musulmonlari ro‘yxati e’lon qilindi

© muslim.uzUsmanxan Alimov - predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana
Usmanxan Alimov - predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Top-500 musulmonlar ro‘yxatidan O‘zbekiston bosh muftiysi Usmonxon Alimov ham o‘rin olgan

TOShKENT, 24 okt - Sputnik. The Muslim 500 - dunyoning eng obro‘li musulmonlari ro‘yxati to‘qqizinchi bor e’lon qilinji. Bu yilgi reytingga aralash yakkakurash (MMA) bo‘yicha rossiyalik sportchi Xabib Nurmagomedov ham kiritildi.

Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon nima uchun dunyoning eng obro‘li musulmonlari ro‘yxatiga kiritildi?

Shuningdek, ro‘yxatdan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov, Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev va Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani o‘rin olgan.

Top-500 musulmonlar ro‘yxatiga O‘zbekiston bosh muftiysi Usmonxon Alimov va uning tojikistonlik hamkasbi ham kiritilgan.

Top-50 reytingga o‘tgan yilgi singari shahzoda Karim Al-Husayniy (Oga Xon IV) kiritilgan. U 36-qatorni egallagan.

Joriy yil koinotning eng obro‘li musulmoni etib Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on tan olingan.

The Muslim 500 reytingi har yili O‘mon qirolligi islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0