MDH davlatlari yadroviy xavfsizlik haqida kelishib olishadi

© Sputnik/Viktor TolochkoPreduprejdayushie znaki na territorii Polesskogo gosudarstvennogo radiatsionno-ekologicheskogo zapovednika
Preduprejdayushie znaki na territorii Polesskogo gosudarstvennogo radiatsionno-ekologicheskogo zapovednika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ostonda  MDH davlatlari yadroviy avariya xavfi tug‘ilganda, o‘zaro yordam berishga kelishib olishadi.

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. MDH davlat rahbarlari Ostonada 2-noyabr kuni yadroviy avariya xavfi tug‘ilganda o‘zaro yordam berishga kelishib oladilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Shartnoma loyihasiga ko‘ra, favqulodda vaziyatda tomonlar bir-biriga yordam berishga berish, barcha kuchlarni aholi sog‘lig‘ini saqlab qolishga va atrof-muhitni radiatsiyadan himoya qilishga yo‘naltiriladi.

Ushbu maqsadda davlatlar maxsus guruhlar tashkil qilishadi hamda, texnika va asbob-uskunalar tayyorlab qo‘yishadi. Shartnoma, shuningdek, zarar ko‘rgan davlat hududiga to‘siqsiz o‘tish hamda o‘zaro axborot almashishni ham nazarda tutgan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin O‘zbekistonon Rossiya bilan atom elektr stansiyasi qurish haqida shartnoma imzoladi. Ushbu munosabat bilan yadroviy xavfsizlik masalasi O‘zbekiston uchun yanada muhim masalaga aylandi.

Yangiliklar lentasi
0