Vladimir Putin AQSH prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha yordamchisi Jon Bolton bilan uchrashdi va unda davlat gerbi haqida hazil qildi.
“Amerika Qoʻshma Shtatlari gerbida burgut tasvirlanganligi esimda bor. U bir tomondan 13 ta nayzalarni – ikkinchi tomondan esa tinchliksevar siyosati timsoli boʻlgan zaytun novdasini ushlab turibdi. Savol: burgutingiz barcha zaytun mevalarini choʻqib, faqat nayzalar qoldimi?”, - dedi Putin.
AQSH delegatsiyasi prezident soʻzlarini kulgi bilan qarshi olishdi.