Shavkat Mirziyoyev bir guruh ichki ishlar xodimlarini mukofotladi

© Ofitsialniy sayt MVD UzbekistanaSotrudniki organov vnutrennix del Uzbekistana
Sotrudniki organov vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki  ishlar organlari tashkil qilingan kuni munosabati bilan, Shavkat Mirzoyev bir guruh ichki ishlar xodimlarini mukofotladi.

TOShKENT, 25 okt – Sputnik. O‘zbekistonda Ichki  ishlar organlari tashkil qilingan kuni munosabati bilan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirzoyev bir guruh ichki ishlar xodimlarini mukofotladi. Ushbu haqidagi prezident farmoni 24-oktabr kuni imzolandi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

“Mamlakatimizda jamoat xavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, xizmat burchini bajarishda mardlik va jasorat ko‘rsatgani, shuningdek, yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:”, - deyilgan farmonda.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Tursunov Baxtiyor Ziyayevich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy gospitali yetakchi jarrohi 

“Do‘stlik” ordeni bilan

Mazurova Yelena Yuryevna - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi 

Muxamedov Utkirbek Xazratkulovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari 

"Mardlik" ordeni bilan

Arzumanov Armen Arkadyevich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi maxsus otradi bosh mutaxassisi 
Yusupjonov Murodjon Yusupjonovich - Namangan viloyati Namangan shahar harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi katta yong‘in o‘chiruvchisi 

"Jasorat" medali bilan

Atamov Begimjon Isonboyevich (marhum) - Toshkent shahar Yunusobod tumani ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi qo‘riqlash bo‘limi safdor xodimi 

G‘aniyev Akmaljon Raxmatillayevich - Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor vakili 

Muxitdinov Dilmurod Sagdullayevich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i 

Otambetov Maxmut Begdullayevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi bo‘linma komandiri 

Rasulov Ilxomjon Abdusamatovich - Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni otrad komandiri 

Rustamov Umarkul Mirzabekovich - Toshkent shahar Mirobod tumani harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi komandiri 

Safarov Aliqul Xushboqovich (marhum) - Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori 

Eshmuradov Ilxom Lapasovich - Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili 
 

"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan

Grishko Aleksey Alekseyevich - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kinologiya xizmati boshlig‘i 

Kahhorov Ilxomjon Ibragimovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari harbiy qismi guruh komandiri 

Sultanov Baxriddin Murodovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i 

Tashmatov Ulugbek Xalmatovich - Toshkent viloyati Chirchiq shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i 

Xolmirzayev A’zamjon Axatovich - Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori 

Xo‘janiyozov Rashid Shomurodovich - Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi bo‘linma komandiri 

Choriyev Rustam Allamurotovich - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni otrad komandiri 

"Shuhrat" medali bilan

Ismoilov Ruslonbek Xaydarbayevich - Xorazm viloyati Urganch shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i 

Mamasadikov Shukurulla Rasuljanovich - Andijon viloyati Andijon shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori 

Nishanbayev Baxrom Nabiyevich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Islom Karimov nomidagi aeroportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi jinoyat qidiruv bo‘linmasi boshlig‘i 

Soyibov O‘ktamjon Yoriyevich - Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i 

Sotvoldiyev Ilosjon Xamitjonovich - Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi qo‘riqlash boshqarmasi otrad komandiri 

Usmonov Abdisodiq Abdirayimovich - Navoiy viloyati Xatirchi tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

Yangiliklar lentasi
0