Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim tizimini keskin tanqid qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev poruchil razrabotat novыe standartы obrazovaniya
Shavkat Mirziyoyev poruchil razrabotat novыe standartы obrazovaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda oliy taʼlim tizimi taraqqiyotning lokomotivi boʻlish oʻrniga, zamon bilan hamqadam boʻlmayotgani achinarlidir”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

TOSHKENT, 25 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 oktyabr kuni oliy taʼlim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Abituriyentы iz Uzbekistana yedut uchitsya v Tomsk - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiya oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun eng koʻp ariza oʻzbekistonlik abituriyentlardan tushgan

Yigʻilishda oliy taʼlim muassasalarining nufuzi, professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati xalqaro ilmiy hamjamiyatda munosib oʻringa ega emasligi qayd etildi.

Taʼlim jarayoniga dunyoda tan olingan fan arboblari, yuqori malakali professor-oʻqituvchilarni jalb etish yaxshi yoʻlga qoʻyilmagani tanqid qilindi.

Rektor va prorektorlarni tayinlashda professor-oʻqituvchilarning fikri oʻrganilmayotgani oqibatida yangi tayinlangan rahbarning jamoa bilan ishlash samaradorligi yetarlicha boʻlmayapti.

Ilm-fanni rivojlantirish, tadqiqotlarni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, ilmiy faoliyat natijadorligini oshirish, iqtidorli talabalar ilmiy izlanishlar olib borishi uchun zarur sharoitlar yaratilmagan.

Jamiyat
Oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt miqdori eʼlon qilindi

Taʼlim jarayoniga innovatsion metodikalarni joriy etish, oʻquv dasturlarining ishlab chiqarish bilan hamohangligini taʼminlash va eng asosiysi, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish ishlari umuman qoniqarsiz ahvolda.

Oliy taʼlim muassasalari faoliyatini oʻrganish, ularni attestatsiyadan oʻtkazib, akkreditatsiyalash, hujjatlarni nostrifikatsiya qilish tartiblari bugungi kun talablariga mutlaqo javob bermaydi.

“Iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda oliy taʼlim tizimi taraqqiyotning lokomotivi boʻlish oʻrniga, zamon bilan hamqadam boʻlmayotgani achinarlidir. Mehnat bozoridagi tarkibiy oʻzgarishlarga javob beradigan, yoshlarimizga kasb-hunar oʻrgatadigan, ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantiradigan tizim yoʻq desak, bu ham achchiq haqiqat,” – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois sohadagi kechiktirib boʻlmaydigan vazifalarni bajarish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Talabalar qabulining soddalashgan tizimini joriy etish orqali qabul jarayonini kvota tizimidan davlat buyurtmasi va tabaqalashgan toʻlov-kontrakt tizimiga oʻtkazish zarurligi taʼkidlandi. Oliy taʼlim muassasalarining xalqaro nufuzini oshirish, pedagog kadrlarning ilmiy-pedagogik faoliyatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida markazlashgan moliyalashtirishdan oʻz-oʻzini moliyalashtirish va iqtisodiy mustaqil tizimga oʻtish vazifasi qoʻyildi.

Rektorlar va prorektorlarni tayinlashni soddalashtirish, professor-oʻqituvchilar faoliyatini doimiy baholash, manzilli ragʻbatlantirish, masʼuliyat va javobgarligini oshirish tizimini yaratish lozimligi qayd etildi.

Oʻzbekiston rektorlar kengashi faoliyatini ham tubdan takomillashtirish vaqti kelgani taʼkidlandi. Rektorlar malakasini baholash, bunda ularning maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy salohiyatiga alohida eʼtibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Davlat rahbari taʼlimdagi eng asosiy vazifa talabalar bilimini baholash, oʻquv dasturlari hamda mavjud taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirishdan iborat ekanini taʼkidladi.

Xorijda tahsil olayotgan yoshlarning Oʻzbekistonga qaytib kelishiga sharoit yaratish maqsadida xorijiy oliy taʼlim muassasalari diplomlarini tan olish va nostrifikatsiya qilish tartibini yanada soddalashtirish, oliy taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish va akkreditatsiyalash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan hukumat qarori loyihasini tayyorlash vazifasi yuklatildi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston – Rossiya taʼlim forumi natijalariga ham eʼtibor qaratildi.

Mediaforum Konstruktivnaya jurnalistika v kontekste regionalnыx i globalnыx trendov, kotorыy proxodil v gorode Yekaterinburge - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda yana bitta oliy taʼlim muassasasi tashkil qilinishi mumkin

Maʼlumki, ushbu forum yakunida rossiyalik hamkorlar bilan taʼlim va ilmiy faoliyatga oid 114 ta shartnoma va bitimlar imzolangan. Jumladan, Oʻzbekistonda Rossiyaning 6 ta nufuzli oliy taʼlim muassasasi filiali va 2 ta fakultet ochilishi, 52 ta qoʻshma taʼlim dasturi joriy etilishi nazarda tutilgan. Har bir kelishuv boʻyicha “yoʻl xarita”lari ishlab chiqilgan.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur “yoʻl xarita”larida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Har bir filial, fakultet va qoʻshma dasturlar boʻyicha tegishli huquqiy hujjatlarni sifatli ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliy ijrosini taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

Tashkil etilayotgan ushbu fakultetlarni filialga aylantirish choralarini koʻrish istiqboldagi vazifalardir.

Yigʻilishda ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlar asosida professor-oʻqituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini mustahkamlash, malakasini oshirish, oliy taʼlim tizimiga ilmiy-texnologik ishlanmalar va axborot texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Prezident kelasi yil Rossiyada oʻtadigan navbatdagi forumga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida hozirdan aniq rejalar belgilab olish zarurligini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0