Jamiyat

Umraga boruvchi ziyoratchilar soni boʻyicha kvota bekor qilindi

© AP Photo / Amr NabilPalomniki vo vremya umrы
Palomniki vo vremya umrы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bundan buyon umra ziyoratiga borish uchun navbatda turib kvota olish kerak boʻlmaydi.

TOSHKENT, 25 okt - Sputnik. Bundan buyon Umra ziyoratiga borish uchun navbatda turib kvota olish kerak boʻlmaydi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi.  

"Avvallari fuqarolarimiz umra safariga borish uchun yillab navbat kutishar, boshqa yoʻllar bilan borish imkoniyatlarini qidirishar edi. Endi yurtimiz fuqarolarining muqaddas ziyoratga boʻlgan ehtiyojlarini toʻlaqonli qondirish maqsadida jamoatchilik kengashi qarori asosida Umra safariga boruvchi ziyoratchilarning sonini belgilash boʻyicha (kvota) cheklovlar olib tashlandi", - deyilgan xabarda. 

Shuningdek, Umra ziyorati uchun toʻlanadigan toʻlov miqdori ham kamaydi. Fuqaorlar avval ziyorat uchun 13,65 mln soʻm toʻlagan.

Endi esa Jamoatchilik kengashi tomonidan Umra safariga bormoqchi boʻlgan har-bir fuqaro uchun toʻlanadigan mablagʻ qiymati 5 804 000 soʻm xizmatlar uchun va 5 096 000 soʻm - "Toshkent – Jidda – Toshkent" aviachiptasi uchun toʻlaydi. 2018 yilda birinchi guruh ziyoratchiar Jiddaga 28 oktyabr kuni uchib ketishadi. 

Yangiliklar lentasi
0