TOSHKENT, 25 okt - Sputnik. Bugun Yerevanda "Top model MDH-2018" goʻzallik tanloviga start berildi.
Joriy yilda sobiq ittifoqning 16 mamlakatidan 30 nafar qizlar ishtirok etishmoqda. Oʻzbekistondan ushbu tanlovda Nigina Faxriddinova, Parizoda Quvondiqova va Indira Aliyevalar qatnashmoqda.
"Tanlov maqsadi - MDH mamlakatlarini moda va kinoindustriya olamida oliy darajada munosib taqdim eta oladigan qizlarni aniqlash. Tanlov gʻolibasiga dunyoga mashhur moda uylari va prodyuserlik markazlaridan taklifnomalar keladi", — deb xabar qilmoqda tashkilotchilar.
Tanlov yakuni 4 noyabr kuni Armanistondagi Karen Demirchyan nomidagi sport-kontsert majmuasida oʻtkaziladi.
Gʻolib reklama agentliklari, modalar uylari va prodyuserlik markazlaridan taklifnomalar bilan birga pul mukofotini qoʻlga kiritadi.