O‘zbekistonda birinchi gipermarket ochiladi

© Umar KurbanovGipermarket Makro v TRS Kompass v Tashkente
Gipermarket Makro v TRS Kompass v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda maydoni 7,5 ming kvadrat metr bo‘lgan birinchi gipermarket ochilishi kutilmoqda.

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Toshkentda Qo‘yliqda joylashgan Compass savdo-ko‘ngilochar markazi tarkibida birinchi gipermarket ochilishi kutilmoqda.

Makro savdo belgisi ostida ochiladigan gipermarket maydoni 7500 kvadrat metrni tashkil qiladi. Uning ichida har bir oziq-ovqat mahsulotining bir necha o‘nlab xillari, tayyor oziq-ovqatlar, pishiriqlar ham bo‘ladi.

Yevropa standandartlari asosida quriladigan gipermarketda oziq-ovqatdan tashqari kosmetika, uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechak, uy va bog‘ obodonligi uchun buyumlar xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Compass savdo-ko‘ngilochar markazida  O‘rta Osiyoda birinchi tom ustiga qurilgan parkovka hamda eng katta atriumga ega bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0