Jamiyat

Oʻzbekistonda yangilangan Lada Granta sotuvga chiqarildi

© Sputnik / Anar Movsumov / Fotobankka oʻtishPrezentatsiya novoy Lada Granta na zavode «AvtoVAZ» v Tolyatti
Prezentatsiya novoy Lada Granta  na zavode «AvtoVAZ» v Tolyatti - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bir necha kun oldin Toshkentda yangilangan Lada Granta va Lada Vesta Cross avtomobillarining taqdimot marosimi boʻlib oʻtgan edi.

TOSHKENT, 27 okt - Sputnik. Rossiyaning “AvtoVaz”  kontserni Oʻzbekiston yangilangan Lada Granta va Lada Vesta Cross avtomobillarini sotishni boshladi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga koʻra, Oʻzbekistonda Lada Granta toʻrt xil kuzovda sotuvga chiqariladi: sedan, xetchbek, liftbek va universal.  Yangilangan avtomobil oʻzining kam yonilgʻi sarflovchi dvigateli: 100 km ga -  6,5 – 7,2 litr, va nisbatan arzon narxi: 67, 9 mln soʻm, bilan maʼqul kelishi kerak.

Vesta Cross boʻlsa – baland klirensi va baquvvatlashtirilgan yurish qismi (xodovoy) qismi va yoʻltanlamasga oʻxshasha tashqi koʻrinishi bilan boshqa yengil avtomobillardan ajralib turadi. Ushbu avtomobil zamonaviy multmedi tizimi, orqa kamera va ESC, TCS, HSA kabi elektron yordamchilar tizimlari bilan ajralib turadi.

Vesta Cross narxi 124,9 mln soʻmdan boshlanadi. Ushbu model universal koʻrinishida ham boʻlishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0