Jamiyat

"Ariqdagi oltovlon" kimligi aniqlandi

© Alisher Ergashev, Dialog s narodomFermerы, yakobы nakazannыe za nevыpolneniye plana po sboru xlopka
Fermerы, yakobы nakazannыe za nevыpolneniye plana po sboru xlopka - Sputnik Oʻzbekiston
Shu kunlarda internet tarmoqlarida ariqdagi suvga tushib, qoʻlida tabellari bilan mungʻayib turgan olti nafar Oʻzbekiston fuqarolarining surati yashin tezligida ommalashgan edi. Ular kimligiga ham aniqlik kiritildi

TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. Oʻzbekiston dala maydonlaridan birida sodir boʻlgan "xoʻrlangan oltovlon" mavzusi ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin muhokama qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, shu kunlarda Facebookdagi "Xalq bilan muloqot" guruhida foydalanuvchilardan biri ariq ichida tizzisigacha suvga botgan holda qoʻlida daftar va ruchka ushlab turgan 6 nafar erkak kishining fotosuratini joylashtirgan edi. Fotosuratga qoldirilgan izohda "Paxta rejasini bajaraolmayotgan fermerlarni mana shunday xolatda "majlis darsi" oʻtilibdi", - deyilgan

Sbor xlopka - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda paxta terimidagi kamchiliklar sababli rahbarlar jazolandi

Shundan soʻng, Mehnat vazirligi darhol rasmiy murojaat eʼlon qilib, fuqarolardan suratga olingan joy va sharoitni aniqlashga yordam beruvchi har qanday maʼlumotlar haqida xabar berishlarini soʻragan edi.

Bugunga kelib, ariqdagi erkaklarning kimligiga aniqlik kiritildi.

Kun.uz muxbirlari oʻtkazgan surishtiruvga koʻra ushbu holat Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani, "Abdunosir Gʻulom" fermer xoʻjaligi maydonida yuz bergan.

Nashr ariqdagilarni kimligini sanab oʻtgan: ular Oqqoʻrgʻon tumani hokimining qishloq xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari — Sherzod Murodov, tuman suv xoʻjaligi boshligʻi — Tohir Mirzakarimov, tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi — Sharof Ahmedov, "Ozod" MFYning oqsoqoli — Zokir Musabekov, "Mavlonboy ota" fermer xoʻjaligini rahbari — Abror Mavlonov, "Abdunosir" fermer xoʻjaligi rahbari (ismi Nosir) ekanligi aytilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, rahbarlar gʻallani oʻz vaqtida sugʻormagan masʼul va fermerlarni shu koʻrinishda jazolagan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, ayni vaqtda ushbu holat yuzasidan qizgʻin muhokamani davom ettirmoqda.

Jumladan, Feysbuk foydalanuvchilarining aksariyati oʻz mansabini saqlab qolish uchun ariq suviga tushib mungʻayib turgan oltovlonni "gʻururli boʻlishga" chaqirishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala