Siyosat

Lavrov AQShning OʻQMRdan chiqish qaroriga izoh berdi

Soʻnggi yillarda Moskva va Vashington tez-tez bir-birini OʻQMR shartlarini buzganlikda ayblashmoqda. Rossiya koʻp marotaba kelishuv boʻyicha oʻz majburiyatlariga toʻliq amal qilayotganini bayon etgan.

TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. AQShning oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish boʻyicha kelishuvdan chiqish qarori va bu qarorning ijro etilayotgani Moskva tomonidan "obʼyektiv fakt" deb baholanadi, deya bayonot qildi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov. RIA Novosti xabariga asosan.

Putin pro gerb SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Putin AQSH gerbi haqida ajoyib hazil qildi

"Aytishlaricha, bunda koʻproq (AQSH prezidentining milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha maslahatchisi - tahr.) Jon Bolton hal qiluvchi rol oʻynagan. U AQSH prezidenti Donald Trampni ushbu kelishuvdan chiqish haqida eʼlon qilishga koʻndirgan. Vashington "oshxonasi" qanaqaligidan xabarim yoʻq. Oʻylashimcha, bu masala AQSH Davlat departamenti rahbari Mayk Pompeo hamda Pentagon rahbari Jeyms Mettislarning qizgʻin bahslarisiz kechmagan. Bu ayon. Qaror qabul qilinib, ijro etilayotgani biz uchun obʼyektiv fakt", - degan Lavrov "Rossiya-1" telekanalida "Moskva. Kreml. Putin" dasturida bergan intervyusida.

U shuningdek, Boltonning Moskvaga tashrifi davomida "Kremlda oʻtkazilgan uchrashuvda bu holat hissiyotsiz, kim birinchi boshlaganiga chuqurlashmagan holda muhokama qilingani"ni aytdi.

"Ular katta odamlar-ku, shunday ekan, bu singari vaziyat yuzaga kelganda, biz oʻz fikrimizga, ular ham oʻz nuqtai nazariga ega boʻlishlarini yaxshi tushunishadi. Ularga koʻra, sabablardan biri - biz tomondan OʻQMR bajarilmayotganida", - deb qoʻshimcha qilgan Lavrov.

Buk zenit raketa majmuasi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Senator: Rossiya NATO mudofaa tizimi ham oʻqqa tutolmaydigan yangi raketalarni yaratmoqda

Bolton Moskvaga tinchlik ramzi sifatida "zaytun" va "zaytun shoxlarini" olib kelmagani haqidagi fikrga Lavrov: "Biz umuman olganda shoʻr bodringni xush koʻramiz", - deya javob qaytargan.

Ilgariroq, AQSH prezidenti Donald Tramp Moskva Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalar boʻyicha kelishuvni buzar ekan, Qoʻshma Shtatlarning unga amal qilish niyati yoʻqligini va kelishuvdan chiqishini maʼlum  qilgan edi. Tramp shuningdek, Amerika oʻz yadro salohiyatini to "boshqalar oʻziga kelib olmaguncha" oshirib borishi va shundan soʻng, Vashington bu jarayonni toʻxtatishi va hatto qurollanishni qisqartirishga kirishishi haqida bayonot qilgan edi.

Tramp ushbu xabar avvalo Xitoy va Rossiyaga qaratilganini aytgan.

Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Moskva AQShdan bu borada toʻliqroq tushuntirish olishni istashini aytgan va OʻQMR nizomlarini buzish Rossiyani oʻz xavfsizligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrishga majbur etishini qoʻshimcha qilgan.

Lavrov taʼkidiga koʻra, bu sohadagi har qanday harakat qarshi javobga duch kelishi aniq.

Goroda mira. Doxa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Davlat departamenti Qatarga 5 ming dona lazerli raketalarni sotish qarorini maʼqulladi

Soʻnggi yillarda Moskva va Vashington tez-tez bir-birini OʻQMR shartlarini buzganlikda ayblashmoqda. Rossiya kelishuv boʻyicha oʻz majburiyatlariga toʻliq amal qilayotganini koʻp marotaba bayon etgan.

Lavrov amerikaliklarning oʻzlari bu kelishuvga amal qilishayotgani borasida Moskvaning AQShga oʻta jiddiy savollari borligini qayd etgan.

Xususan, Moskva bayonotiga koʻra, Qoʻshma Shtatlar quruqlikda - Ruminiyadagi harbiy bazada, shuningdek, Polshada shunday qurilmalarni joylamoqda-ki, ular shartnomada taʼqiqlangan "Tomagavk" tipidagi zarba beruvchi qanotli raketalarni uchirishga moʻljallangan. Rossiya tomon shuningdek, AQSH zarba beruvchi uchuvchisiz uchar qurilmalarni ishlab chiqayotgani, quruqlikda joylashtiriladigan qanotli raketalarni yaratish boʻyicha tadqiqotlarni moliyalashtirayotganiga eʼtibor qaratgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala