Oʻzbekiston va Xitoy harbiylarni tayyorlashda hamkorlikni kuchaytiradi

Xususan, ikki mamlakat tinglovchilarini masofadan turib oʻqitish va oliy harbiy taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining ikki davlatga tashrifi davomida seminar-trening mashgʻulotlarini olib borishi boʻyicha memorandum imzolashga kelishib olingan.

TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Xitoy bilan harbiy kadrlarni tayyorlash masalasida hamkorlikni kuchaytiradi, deb xabar qilingan Mudofaa vazirligining Feysbukdagi rasmiy sahifasida.

Pechora-2M zenit raketa majmuasi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Rossiya bilan harbiy sohada hamkorlik toʻgʻrisidagi qonunga imzo chekdi

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston mudofaa vazirining oʻrinbosari - polkovnik Azizbek Ikramov boshchiligidagi harbiy delegatsiyasi Xitoyga rasmiy tashrifi davomida XXR Milliy mudofaa universiteti rahbariyati bilan uchrashib, ikki mamlakat oliy harbiy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldi.

"Mazkur hamkorlik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, shuningdek, oʻzaro tajriba almashish kabi masalalarda sezilarli darajada oldinga siljishni taʼminlab berishi kutilmoqda", - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari oʻzbekistonlik harbiylar Pekin shahridagi Harbiy havo kuchlari akademiyasi hamda Milliy mudofaa institutida ham boʻlgan. Xitoy oliy harbiy taʼlim muassasalari boshliqlari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda ikki mamlakat tinglovchilarini masofadan turib oʻqitish va oliy harbiy taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining ikki davlatga tashrifi davomida seminar-trening mashgʻulotlarini olib borishi boʻyicha memorandum imzolashga kelishib olingan.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi qator xorij mamlakatlarining oliy harbiy taʼlim dargohlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ish olib bormoqda.

Oktyabr oyining oʻzida Germaniya hamda Pokiston davlatlarining oliy harbiy bilim yurtlarining professor- oʻqituvchilari Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida boʻlib, hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan maqsadli rejalarni belgilab olishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala