Iqtisod

Turkiya Oʻzbekistonga oltin qazib olishda yordam beradi

© Sputnik / Vitaliy Bezrukix / Fotobankka oʻtishKaryer zolotorudnogo mestorojdeniya
Karyer zolotorudnogo mestorojdeniya - Sputnik Oʻzbekiston
Loyihaning birinchi bosqichining ijobiy natijalaridan soʻng tomonlar oltin zaxiralarini rivojlantirishda hamkorlik qilishning shakl va shartlari toʻgʻrisida kelishadilar

TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. Turkiya kompaniyasi Samarqanddagi oltin konlarini oʻzlashtirishda yordam beradi, deb xabar qildi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi matbuot-xizmati.

Zolotыe slitki - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana kamaydi

Xabarda aytilishicha, viloyatdagi Gʻallabuloq va Qushtepada oltinga oid obʼyektlarni oʻzlashtirish loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida Davlat geologiya qoʻmitasi va Turkiyaning "Taşyapı İnşaat Taahhüt Sanayi ve Ticaret AŞ" kompaniyasi oʻrtasida geologiya-qidiruv ishlarini hamkorlikda olib borishga doir memorandum imzolangan.

Tasdiqlangan tartibga koʻra, ilgari tomonlar oʻrtasida memorandum va qayd etilgan obʼyektlar uchun oshkor qilmaslik toʻgʻrisida kelishuv imzolangan va loyihada ishtirok etish boʻyicha qaror qabul qilish uchun geologik materiallar Turkiya tomoniga belgilangan tartibda berilgan.

Materiallarni oʻrganish doirasida turk va nemis ekspert–geologlari tomonidan joylarga chiqilgan, namunalar olingan hamda Turkiya va Kanadadagi xalqaro laboratoriyalarda tahlil qilgan holda obʼyektni oʻrganish tashkil etilgan. Oʻrganish yakunlari boʻyicha Turkiyaning nomi yuqorida tilga olingan kompaniyasi tomonidan loyihada ishtirok etishga qiziqish bildirilgan. 

2018 yil 25 oktyabrda loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitim imzolandi, unga binoan, birinchi bosqichda "Taşyapı İnşaat Taahhüt Sanayi ve Ticaret AŞ" kompaniyasi keyingi yillarda quyidagi ishlarni amalga oshiradi: mavjud resurs bazasi toʻgʻrisidagi axborotni aniqlashtirish va tarixiy geologik qidiruv maʼlumotlari, shu jumladan xalqaro standartlardan foydalanishni tasdiqlash uchun obʼyektlarda tekshiruv punktlarini ochish; texnologik jarayonlarni ishlab chiqish uchun metallurgik sinovlarini oʻtkazish; oltin zaxiralarini rivojlantirish uchun PTEO (taxminiy texnik-iqtisodiy asoslar) loyihasini ishlab chiqish.

Zolotonosnыy rudnik - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda 22ta oltin konlari oʻzlashtiriladi

Loyihaning birinchi bosqichining ijobiy natijalaridan soʻng tomonlar oltin zaxiralarini rivojlantirishda hamkorlik qilishning shakl va shartlari toʻgʻrisida kelishadilar.

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasi 2017 yil may oyida strategik jihatdan muhim boʻlgan qattiq foydali qazilmalarning 111ta istiqbolli maydonlari va 29ta koni roʻyxati nitasdiqlagan edi va bugungi kunda ularni geologik oʻrganish va oʻzlashtirish uchun chet el investitsiyalari jalb qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala