Jamiyat

Bosh vazir oʻrinbosari Zoyir Mirzayev boʻshatildi: prokuratura tekshiruv oʻtkazadi

© Press-slujba prezidenta RTKabinet ministrov Uzbekistana
Kabinet ministrov Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Majburiy mehnatga barham berish boʻyicha yana bir hujjat qabul qilindi.

TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 29 oktyabr kuni barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatning har qanday shakl va koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik borasidagi javobgarligini oshirish toʻgʻrisida farmoyish qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Fermerы, yakobы nakazannыe za nevыpolneniye plana po sboru xlopka - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Ariqdagi oltovlon" kimligi aniqlandi

Ushbu farmoyishga muvofiq, gʻalla ekish va sugʻorish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygani bois Mirzayev Zoyir Toirovich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.

"Hujjatda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga qishloq xoʻjaligi ishlari chogʻida yoʻl qoʻyilgan qonun buzilish holatlari yuzasidan tekshirish oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, joylardagi davlat hokimiyati organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlariga majburiy mehnatning barcha shakl va koʻrinishlariga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish boʻyicha topshiriqlar berilgan", - deyilgan xabarda. 

Eslatib oʻtamiz, shu kunlarda Facebookdagi "Xalq bilan muloqot" guruhida foydalanuvchilardan biri ariq ichida tizzisigacha suvga botgan holda qoʻlida daftar va ruchka ushlab turgan 6 nafar erkak kishining fotosuratini joylashtirgan edi. 

Molotok  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oqqoʻrgʻon voqeasida aybdor boʻlganlar javobgarlikka tortiladi – Bosh prokuratura

Ushbu holat Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani, "Abdunosir Gʻulom" fermer xoʻjaligi maydonida yuz berganligi maʼlum boʻldi.

Bosh Prokuratura bu holat yuzasidan izoh berdi.

“Qatʼiy aytishimiz mumkinki, bunday holatning yuzaga kelishida aybdor boʻlgan shaxslar, mansabi va darajasidan qatʼiy nazar, tegishlicha javobgarlikka tortilishi taʼminlanadi“, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0