Hodisalar

Istambul va Bangkokdan uchib kelgan samolyotlar Toshkent aeroportiga qoʻna olmadi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkentda quyuq tuman tushishi oqibatida Istambul va Bangkokdan kelgan samolyotlar Samarqand va Navoiy aeroportlariga yoʻnaltirildi.

TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Dushanba kuni ertalab “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ning  Bangkok va Istambuldan uchib kelgan parvozlari, hamda Turkiya havo yoʻllaring Stambuldan uchib kelgan reysi quyuq tuman tufayli Toshkent aeroportiga qoʻna olmadi va boshqa shaharlar aeroportlariga yoʻnaltirildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Bugun ertalab kuchli tuman va koʻrinish yomon (150 metr) boʻlgani tufayli bir necha parvozlar boshqa aeroportlarga yoʻnaltirldi”, - deb xabar qildi RIA Novostiga Toshkent aeroporti vakili.  

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” reyslar tablosiga koʻra, Stambuldan uchib kelgan HY-272 sonli parvozi hamda Bangkokodan kelgan HY-534 parvozi Samarqanda aeroportiga Turkish Airlines kompaniyasining Stambuldan uchib kelgan  THY-368- sonli parvozi Navoiyda qoʻndirildi.

Manbaa xabariga koʻra, parvozlar oʻrtacha kechikish vaqti 2 soatga yaqin boʻldi. Ayni damda, tabiiy vaziyat tufayli kechikkan samolyotlar rejalashtirilgan yoʻnalishlardagi parvozlarni amalga oshirishdi.

Yangiliklar lentasi
0