Iqtisod

Oʻzbekistonga texnika olib kirish boʻyicha cheklovlarni qozogʻistonlik ekspert izohladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamestitel direktora Kazaxstanskogo instituta strategicheskix issledovaniy pri prezidente Respubliki Kazaxstan Sanat Kushkumbayev
Zamestitel direktora Kazaxstanskogo instituta strategicheskix issledovaniy pri prezidente Respubliki Kazaxstan Sanat Kushkumbayev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qozogʻistonlik ekspert Oʻzbekiston tomonning tovar olib kirishga qoʻygan cheklovlariga fikr bildirdi.

TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Qozogʻiston Respublikasi prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar instituti direktori oʻrinbosari Sanʼat Kushkumbayev Sputnik muxbiriga Oʻzbekiston hukumati respublikaga Qozogʻistondan tovarlarni bojsiz olib kirish boʻyicha cheklovlarini joriy etilishiga izoh berdi.   

Xudoberdi Xoliknazar direktor tsentra strategicheskix issledovaniy pri prezidente Respubliki Tadjikistan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Eng dolzarb masala mintaqada diniy ekstremizm tahdidlariga qarshi kurashish - Xoliqnazar

“Bu Oʻzbekistonning ichki strategiyasi. Ushbu cheklov Oʻzbekiston uchun iqtisodiy muvozanatni saqlab qolish nuqtai nazaridan muhimdir, shuning uchun mahalliy firmalar, sotuvchilar va ishlab chiqaruvchilar bankrot boʻlmasligi uchun muhim jihatlardan biridir”, - dedi Kushkumbayev.

Ekspertning soʻzlariga koʻra, bu holat ikki davlat mahalliy islohotlari hali bir-biriga moslashmaganidan dalolat beradi.

“Odamlar Toshkentda yoki oʻz hududida mahsulotlarni qulay narxlarda sotib olishlari uchun iqtisodiy islohotlarimizni bir-biriga moslashtirish kerak”, - dedi u.

Kushkumbayev soʻzlariga koʻra, tovarlarni olib kirish boʻyicha cheklovlarni joriy etilishi Qozogʻiston butun biznesiga kuchli zarba boʻlmaydi. Eksportni yoʻlga qoʻyish muhim.

“Ehtimol, biron bir tadbirkor kam daromad oladi. Biroq buni men taktik yoʻqotish deb oʻylayman. Strategik jihatdan aytadigan boʻlsak, mamlakatlarimiz manfaatlarini oladigan boʻlsak, albatta biz bozorlarimizni yanada kengayishiga manfaatdormiz. Qozogʻiston mahsulotlari Oʻzbekistonda taqdim etishi yoki Qozogʻiston firmalari Oʻzbekistonda oʻz savdo markazlarini ochishlari mumkin, shuningdek buni hamkorlikda amalga oshirish mumkin boʻladi. Eksportni yoʻlga qoʻyilganda odamlar 100-150 km Shimkentga borish kerak boʻlmaydi”, - deb yakun yasadi ekspert.

Eslatib oʻtamiz,  Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining avtoyoʻl, temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali bojxona toʻlovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib oʻtishning miqdor normalariga oʻzgartirishlar kiritilgandi.

Natalya German  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Dunyo MO davlatlarini yagona hamjamiyat sifatida qabul qilishni boshladi – BMT maxsus vakili

Unga koʻra, Oʻzbekiston Davlat chegarasining avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali bojxona toʻlovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib oʻtishning davriyligi oʻzgardi.

Roʻyxatdan oʻrin olgan 20 turdagi maishiy texnika buyumlari, ofis texnikalari va boshqa jihozlarni endilikda har 6 oyda chegarani birinchi marotaba kesib oʻtayotganda faqat 1 donadan olib kirish mumkin.

Boshqa turdagi tovarlarni esa 1 kalendar oyda 1 marotaba har bir nomdagi tovardan 2 kg.gacha (boʻlinmaydigan tovarlar bundan mustasno) olib kirishga ruxsat etiladi. Ammo, mazkur tovarlarning umumiy ogʻirligi 10 kg.dan oshmasligi kerak.

Yangiliklar lentasi
0