Iqtisod

Tadbirkorlar uchun mikrokredit miqdori oshirildi

© SputnikKupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sumov
Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mikrokreditlar tadbirkorlikni boshlash, rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnologik jihozlash, shuningdek aylanma mablagʻlarni toʻldirishga beriladi.

TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Hukumat qarori bilan “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Logotip Sberbanka Rossii na ofise - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Sberbank va Vneshekonombank Oʻzbekistonga past foizli kredit liniyalari ochadi

Endilikda mikrokreditlar tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish (kengaytirish), shu jumladan ishlab chiqarishni texnologik jihozlash va modernizatsiya qilish uchun zamonaviy texnologik uskunalar va texnikalar sotib olishga, shuningdek aylanma mablagʻlarni toʻldirishga beriladi. 

Mikrokreditlar tadbirkorlikni rivojlantirish (kengaytirish) va aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kichik tadbirkorlik subʼyektlariga (shu jumladan, mikrofirmalar, kichik korxonalarga), dehqon va fermer xoʻjaliklariga 24 oygacha muddat bilan eng kam oylik ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda beriladi.

Ilgari bu miqdor 500 baravarni tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0