Jamiyat

Toshkentda “Lasetti” avariyasida 1 kishi qurbon boʻldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka oʻtishAvtomobil skoroy meditsinskoy pomoщi.
Avtomobil skoroy meditsinskoy pomoщi. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkentda YPX inspektoridan qochib ketayotgan “Lasetti” beton qorishtiruvchi mashinaga borib urildi.

TOSHKENT, 29 okt – Sputnik. Toshkentda “Lasetti” ishtirokidaga avariyada 1 kishi qurbon boʻldi, deb xabar qilmoqda, IIBB matbuot xizmati. 

27 oktyabrdan 28oktyabrga oʻtar kechasi, Shayxontoxur tumani hududida, soat 02:00 atrofida “Lasetti” avtomobili haydovchisi YPX inspektorining toʻxtash haqidagi talabiga boʻy sunmasdan, undan qochish maqsadida katta tezlikda harakatlanib, chorrahadan svetoforning qizil chirogʻiga oʻtib ketadi va “Howo” rusumli beton qorishtiruvchi mashinaga borib uriladi.

Strashnaya avariya na TTZ - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda mudhish YTH sodir boʻldi

YTH oqibatida  “Lasetti” yoʻlovchisi 26 yoshli Shaxboz X. voqea joyida vafot etadi, haydovchi  Jurabek A.tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqiziladi.

Xabarda aytilishiga koʻra, “Lasetti” avtomobili haydovchisi Joʻrabek A., algokolli ichimliklar ichib avtomobilni boshqargani tufayli, 2018 yilning  12 aprelidagi sud qarori bilan haydovchilik guvohnomasidan 1,5 yilga mahrum qilingan boʻlgan.

Boʻlib oʻtgan voqea yuzasida Oʻzbekiston JKning 266 moddasiga (Transport vositalarini boshqarish va ekspluatatsiya qilish qoidalarini buzish) binoan Jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Shu bilan bir vaqtda, ushbu avtomobilni taʼqib qilgan YPX xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazish belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0