Jamiyat

Yana bir muassasa xodimlariga Toshkentda doimiy roʻyxatdan oʻtish huquqi berildi

© Sputnik / Yuliya Chestnova / Mediabankka oʻtishOformleniye vremennoy propiski
Oformleniye vremennoy propiski - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shu bilan xodimlari Toshkentda doimiy roʻyxatdan oʻtish  huquqiga ega boʻlgan tashkilotlar soni 70taga yetdi.

TOSHKENT, 29 okt – Sputnik. Xodimlari Toshkent shahrida doimiy propiska olishi mumkin boʻlgan tashkilotlar soni bittaga koʻpaydi, deb xabar qilmoqda “Xalq soʻzi”.

“Hukumatning 2018 yil 26 oktyabrdagi qarori bilan Davlat veterinariya qoʻmitasi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritildi“, deyiladi xabarda.

Ushbu kunga qadar xodimlari Toshkent shahrida doimiy roʻyxatdan oʻtish huquqiga ega boʻlgan 69 ta tashkilot mavjud edi.

Yangiliklar lentasi
0