Jamiyat

Yoshlarga grantlar, Alibaba: Oʻzbekiston vakillari Xitoy taʼlim tizimini oʻrganishdi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka oʻtishNatsionalnыy muzey Kitaya v Pekine
Natsionalnыy muzey Kitaya v Pekine - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
2018-2021 yillarda CCN bilan birgalikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Xitoylik hamkorlar bilan aniq chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Kasb-hunar taʼlimi markazi va CCNning Oʻzbekistondagi filiali vakillari 2018 yil 12-18 oktyabr kunlari Xitoyga tashrif buyurishdi.

Shavkat Mirziyoyev poruchil razrabotat novыe standartы obrazovaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim tizimini keskin tanqid qildi

Tashrifdan maqsad – Xitoy oliy taʼlim muassasalari bilan yaqindan tanishish, hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish, CCN va uning yaqin hamkori hisoblangan Alibaba group kompaniyasi bosh ofisida oʻzaro hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish, shuningdek mazkur davlatda taʼlim olayotgan Oʻzbekistonlik yoshlar hayoti bilan yaqindan tanishishdan iborat.

Safar davomida markaz vakillari CCN bosh ofisida ijrochi direktor janob Zhou Yong, Alibaba group kompaniyasi bosh ofisida Iqtisodiy strategik hamkorlikni rivojlantirish komiteti vakili Dream Li,Shanghai Jiao Tong universiteti global aloqalar departamenti direktori Li Ping, Shanghai universiteti xalqaro aloqalar boʻyicha dekani, professor Yao Ximing va boshqalar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, ular bilan Oʻzbekiston taʼlim muassasalarining hamkorligini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari, qoʻshma taʼlim loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uzekspotsentr v dni provedeniya pervogo mejregionalnogo uzbeksko-rossiyskogo foruma - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Rossiya va Oʻzbekiston taʼlim sohasida 100 dan ortiq shartnomalar imzolaydi- MGU rektori

Shanghai universiteti xalqaro aloqalar boʻyicha dekani, professor Yao Ximing respublika oliy taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan yosh oʻqituvchilarni har yili tashkil etiladigan akademik almashinuv dasturida ishtirok etishga taklif qildi. 

Oʻzbekistonlik talabalar hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida talabalar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Shanxay sanoat va tijorat oliy oʻquv yurti bazasida CCN tomonidan tashkil etilgan universitetlarga tayyorlov dasturi boʻyicha taʼlim olayotgan 15 nafar Oʻzbekiston yoshlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv xonalarining jihozlanishi, kutubxona va taʼlim jarayoni bilan tanishildi.

CCN bosh ofisi rahbariyati bilan oʻtkazilgan uchrashuv jarayonida imzolangan anglashuv memorandumida qayd etilgan tadbirlarni amalga oshirish, xususan qisqa muddatlarda Toshkentda Xalqaro tayyorlov dasturini ochish, Oʻzbekistonda Xitoy universitetlari bilan qoʻshma taʼlim loyihalarini amalga oshirish, Oʻzbekistondagi taʼlim muassasasi bazasida Alibaba group kompaniyasining Elektron tijorat (Global eCommerce Talent Program) qoʻshma taʼlim dasturini yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekistonlik iqtidorli yoshlar uchun grantlar ajratishni qoʻllab-quvvatlash va boshqa yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

2018-2021 yillarda CCN bilan birgalikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0