Eksport hajmining o‘sishiga to‘sqinlik qilayotgan omillar ma’lum qilindi

© Sputnik / Stanislav Savin / Mediabankka o‘tishTransportno-logisticheskiy kompleks
Transportno-logisticheskiy kompleks  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank eksport hajmining o‘sishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni ma’lum qildi.

TOShKENT, 30 okt - Sputnik. Markaziy bank 2018-yilning III choragida iqtisodiyot real sektoridagi holat va kutilmalarni o‘rganish natijalarini e’lon qildi.

Sentralniy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi 16 %gacha oshdi

2018 yilning III choragi mobaynida real sektor subyektlarining eksport faoliyatining avvalgi chorakka nisbatan faollashganligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) eskporti hajmining oshganligini ma’lum qilgan eksportor korxona va tashkilotlarning ulushi II chorakdagi 43 foizdan III chorakda 50 foizgacha oshgan hamda eksport hajmining kamayganligini qayd etgan respondentlarning ulushi 17 foizdan 12 foizgacha kamaygan.

Iqtisodiyot tarmoqlari kesimida qaralganda, eksport hajmining o‘sishi respondent korxona va tashkilotlarning neft-gaz sanoatida 100 foizida, yengil sanoatda 50 foizida, tog‘-kon sanoatida 50 foizida, kimyo sanoatida 44 foizida, oziq-ovqat sanoatida 36 foizida, transport xizmatlari sohasida 86 foizida hamda turizm xizmatlari sohasida 82 foizida kuzatilgan.

Bunda, respondentlarning 46 foizi 2018-yilning III choragi mobaynida tashqi bozorlarga chiqish shart-sharoitlarining osonlashganini, 48 foizi o‘zgarmaganini hamda 7 foizi qiyinlashganini ma’lum qilgan.

Eksport hajmining o‘sishiga to‘sqinlik qilayotgan omillar sifatida eksport qiluvchi korxonalarning 21 foizi transport xarajatlarining yuqoriligini, 18 foizi tashqi bozor konyunkturasi bo‘yicha ma’lumotlarning yetarli emasligini, 17 foizi korxona mahsulotlariga tashqi bozorlarda talabning pastligini, 14 foizi esa mahsulotlarni (ish, xizmatlarni) eksport qilish bilan bog‘liq tartib-tamoyillarning murakkabligini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0