MAK qishgi mavsumda kiritilgan yangi parvozlar haqida xabar berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSamolet Airbus 320 Uzbekskix avialiniy
Samolet Airbus 320 Uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston havo yo‘llari" 2018-2019 qish mavsumida dunyoning 24  ta davlatiga 64 ta xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar amalga oshirish rejalashtirgan.

TOShKENT, 1 noya - Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" qishgi parvozlar jadvaliga o‘tdi, deb xabar qildi MAK matbuot xizmati.

O‘tgan mavsumga nisbatan xalqaro parvozlar soni ko‘payganligi  qayd etildi. Masalan, Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar soni haftasiga 27 gacha oshgan.

Bu yilgi qish mavsumida "O‘zbekiston havo yo‘llari" bir necha shaharlarga yangi doimiy parvozlar kiritdi: Jidda shahriga haftasiga uchta doimiy parvoz, Mumbay shahriga haftasiga uchta parvoz va Vladivostok shahriga haftasiga bitta parvoz - shanba kunlari amlaga oshiriladi.

MAK ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning qish faslidagi eng mashhur yo‘nalishlaridan biri bu Turkiya. Qish mavsumida Toshkentdan Istambulga 10 ta va Samarqanddan ikkita parvoz jadvalga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston havo yo‘llari" 2018-yil 30-oktabrdan Toshkent-Parij-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar soni haftasiga ikki martagacha ko‘paytirilgan.

Yangiliklar lentasi
0