Jamiyat

Narkolog: "Tramadol” giyohvand moddalarga oʻxshaydi – ilk isteʼmoldan tobelik paydo boʻladi

Shifokor-narkolog psixotrop vositalarni xavfliligini va ushbu tobelik nimalarga olib kelishini tushuntirib berdi.

TOSHKENT, 1 noya – Sputnik. Oʻzbekistonda shifokor ruxsatisiz isteʼmol qilish taʼqiqlangan psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi vositalarni noqonuniy aylanishi va kontrabandasi koʻpaygan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Mutaxassislar va huquqni himoya qiluvchi organ vakillarining soʻziga qaraganda, “Tramadol” tabletkasi taʼsirini giyohvand moddalari taʼsiriga qiyoslash mumkin.

“Ilk isteʼmoldanoq odamda tobelik paydo boʻladi. Oldiniga inson eyforiya his etadi, ammo keyingi isteʼmol qilish organizmda ogʻriq va noqulayliklarni keltirib chiqaradi, navbatdagi doza (miqdor) esa – ehtiyojga aylanadi. Doza kun sayin oshib boradi,  uni sotib olish uchun koʻroq pul kerak boʻladi, shuning uchun giyohvandlar jinoyatga qoʻl urishadi. Avvaliga oila jamgʻarmasini sarflashadi, keyin uydan sotilishi mumkin boʻlgan narsalarni olib chiqishadi, undan soʻng jinoyat sodir qilishlari mumkin – oʻgʻirlik, talon-tarojlik yoki qotillik”, - deydi narkolog.

Oʻzbekistonda shunga oʻxshash moddalarni noqonuniy tarqatishga qarshi faol kurash olib borilmoqda. Soʻnggi bir necha oyning oʻzidayoq umumiy narxi oʻng minglab dollarga teng boʻlgan psixotrop vositalarning bir necha partiyasi musodara qilindi.

Narkoticheskiye veщestva v tabletkax - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bojxona “Lirika” va “Tramadol” dorilari boʻyicha ogohlantirish berdi

Oʻzbekistonda aylanishi taʼqiqlangan giyohvand va psixotrop vositalar roʻyxati 2015-yilning iyun oyidan 80 xil dori turlari bilan toʻldirilgan. Ayni vaqtda roʻyxatga tabiiy va sunʼiy moddalarning 238 turi kiritilgan.

Ular orasida kuchli taʼsir etuvchi “Tramadol” ham bor. Bu markaziy asab sistemasiga taʼsir koʻrsatuvchi, ogʻriqni pasaytiruvchi vosita hisoblanadi. Oʻtgan asrning oʻrtalarida ishlab chiqilgan va tibbiyotda keng tarqalgan. Xususan, u ogʻir diagnostik va terapiya davolashda, hamda ogʻir shok va jiddiy yalligʻlanish holatlarida ogʻriqni pasaytiruvchi vosita sifatida qoʻllaniladi.

Rossiya Federatsiyasida ushbu modda 2007-yildan kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritilgan. Uning sotuvga chiqarilishi giyohvand moddalarni nazorat qiluvchi organ tomonidan qattiq nazoratga olingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala