O‘zbekistonda nohalol eksport qiluvchilarning ro‘yxati yuritiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOvoshi na Mejdunarodnoy vistavke "Uzbekistan na Shelkovom puti"
Ovoshi na Mejdunarodnoy vistavke Uzbekistan na Shelkovom puti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eksport kontraktlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorligi mavjud bo‘lgan eksport qiluvchilar real vaqt rejimida avtomatik ravishda shakllanadigan nohalol eksport qiluvchilar reyestriga kiritiladi.

TOShKENT, 1 noya - Sputnik. “Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” hukumat qarori umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Ovoshi na Mejdunarodnoy vistavke Uzbekistan na Shelkovom puti - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishga doir muhim qarorni imzoladi

Ushbu qaror loyihasida Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimi ma’lumotlariga asosan 2018-yil 1-dekabriga qadar nohalol eksport qiluvchilarning reyestri yaratish va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirish belgilangan.

Nohalol eksport qiluvchilar reyestri – tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan eksport kontraktlari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi mavjud bo‘lgan real vaqt rejimida avtomatik ravishda shakllanadigan eksport qiluvchilar ro‘yxati.

Nizom loyihasida aytilishicha, yuridik shaxslar — meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini  tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz amalga oshirish huquqiga egadirlar.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tuzilgan dehqon xo‘jaliklariga meva-sabzavot mahsulotlarini oldindan to‘lov, ochilgan akkreditiv yoki xaridor banklarining kafolati mavjudligi kabi shartlaridan biri bo‘lgandagina eksport qilish huquqi beriladi.

Prodaja fruktov na rinke v Agadire. - Sputnik O‘zbekiston
Jalilov: meva-sabzavot eksporti ichki bozorimizdagi narxlarga ta’sir qilmaydi

Eksport kontraktlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorligi mavjud bo‘lgan eksport qiluvchilar real vaqt rejimida avtomatik ravishda shakllanadigan nohalol eksport qiluvchilar reyestriga kiritiladi.

Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bank tomonidan muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud shartnomalari doirasida ushbu qarzdorlik summasidan kam bo‘lmagan miqdordagi xorijiy valyuta tushumlari to‘g‘risida ma’lumot kiritilgandan so‘ng tadbirkorlik subyektlari real vaqt rejimida shakllanadigan nohalol eksport qiluvchilar reyestridan chiqariladi.

Nohalol eksport qiluvchilar reyestriga kiritilgan yuridik shaxslar tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini 100 foizlik oldindan to‘lov sharti asosida eksport qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0