Shavkat Mirziyoyev suv tejashda Isroildan o‘rnak olishga chaqirdi

CC0 / pixabay.com / Oroshenie zemli
Oroshenie zemli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Majlisda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Yaponiya va boshqa davlatlar bozoriga eksportini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. Kecha 31-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jaligini kompleks rivojlantirishga qaratilgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev suv tejashda Isroildan o‘rnak olishga chaqirdi.

“Suvni tejovchi texnologiyani qo‘llash hisobiga 50-60 foiz suvni iqtisod qilish mumkin. Birgina ko‘chma egiluvchan quvurlardan foydalanish suvni 10-15 foizga, tomchilatib sug‘orish esa 35-65 foizga tejash imkonini beradi. Lekin, tomchilatib sug‘orish tizimi juda kam maydonlarda joriy etilgan xolos”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shundan kelib chiqib, 2019-2021 yillarda paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermerlar paxta maydonida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish ko‘lamini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Indii Narendra Modi proveli peregovori v rasshirennom sostave - Sputnik O‘zbekiston
Qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va kosmos: Hindistonda imzolangan hujjatlar

Shuningdek, prezident eksportbop meva-sabzavot yetishtirish masalasida va “O‘zbekoziqovqatxolding” o‘z faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchilikdarda ham to‘xtalib o‘tdi. Xususan, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi hududlar rahbarlari bilan tizimli ish olib bormagani oqibatida, eksport prognozinining to‘liq ta’minlay olmaslik xavfi mavjudligi qayd etildi. 

Uchinchi navbatda, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston iqlimining yutuqli jihatlaridan keraklicha foydalanilmaytganini qayd etdi. Xususan, O‘zbekistonning iqlim sharoiti ertapishar mahsulotlar yetishtirish imkonini beradi. Bahor oylarida xorijiy mamlakatlarda ularga talab ortadi. Lekin bu imkoniyatdan unumli foydalanilmayapti, - dedi prezident.

Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Yaponiya va boshqa davlatlar bozoriga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

"Yana bir bor aytaman, eksport davlatimiz siyosatining eng muhim, ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shuning uchun har bir vazirlik va idora eksportni rivojlantirishi kerak", – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. 

Shuningdek, majlisda yerni haqiqiy egasiga berish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, urug‘chilikni rivojlantirish, mineral o‘g‘itlar yetkazib berish tizimini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi texnika parkini yangilash, mahsulotlarni qayta ishlash sohasini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlarda dolzarb vazifalar belgilab berildi.  

Majlisning to‘liq bayonoti bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0