Shavkat Mirziyoyevning Brusselga tashrifi kutilmoqda

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan
Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo davlatlari va Mo‘g‘iliston bilan aloqalari bo‘yicha raisi Iveta Grigule-Peterse O‘zbekiston davlat rahbarining tashrifi yaqin 5-10 yillardagi hamkorlikni belgilab olishga imkon beradi deb hisoblaydi.

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. 2019-yil boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni davlat tashrifi bilan Brusselda kutishmoqda, deb RIA Novosti Yevropa parlamenti deputati Iveta Grigule-Petersening bayonotiga asoslanib xabar qildi.

Flagi Rossii, YeS, Fransii i gerb Nissi na naberejnoy Nissi - Sputnik O‘zbekiston
YeI Rossiya bilan Markaziy Osiyoda raqobat qilmoqchi emas, dedi Mogerini

Toshkentda “O‘zbekiston-YeI” hamkorlik parlamenti qo‘mitasining 14-chi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo davlatlari va Mo‘g‘iliston bilan aloqalari bo‘yicha raisi Iveta Grigule-Peterse Yevropa delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda.

“Brussel prezidentingizni kutmoqda va bu kelasi yilning boshida bo‘lganda maqsadga muvofiq bo‘lardi”, - deya majlisni ochdi Grigule-Peterse.

Yevropa deputati Mirziyoyevning tashrifi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni yaqin 5-10-yillarga belgilab olishga imkon beradi deb hisoblaydi.

 “Tashrif yana bir yilga keyinga qoldirilishi kerak emas. Men olib kelgan “External Action Service”ning istagi shu”, -deb qo‘shimcha qildi deputat.

U Yevropa Ittifoqida Mirziyoyevning 8-9-oktabr kuni Fransiyaga amalga oshirgan tashrifini diqqat bilan kuzatishganini va ushbu tashrif juda muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qildi.

Joriy yilning iyul oyida YeI Kengashi O‘zbekiston bilan kengaytirilgan hamkorlik va sherikchilik to‘g‘risidagi muzokaralar olib borishni rasman ma’qullagandi.

Kengashning fikricha, bu qulay ish va investitsion sharoitini yaratishga ko‘maklashadi va iqlimni o‘zgarishi, terrorizmga qarshi kurashish singari global chaqiriqlarga va tashqi siyosiy masalar bo‘yicha hamkorlik qilishni ta’minlaydi.

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik va sherikchilik to‘g‘risidagi avvalgi bitim 1996-yilda imzolangan va 1999-yilning 1-iyulidan kuchga kirgan.

O‘zbekistonda 2012-yilda YeIning diplomatik vakolatxonasi ochilgan.

Yangiliklar lentasi
0