Jamiyat

Siemens Oʻzbekistonda bir necha yirik loyihalarda ishtirok etadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishOfis kompanii Siemens v Moskve
Ofis kompanii Siemens v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Siemens xoldingi delegatsiyasi 29-dan 31-oktyabr kunlari Oʻzbekistonga tashrifi buyurgan edi.

TOSHKENT, 1 noya - Sputnik. “Siemens” kompaniyasi vakillari Oʻzbekistonga boʻlgan tashrif doirasida mahalliy kompaniyalar va idoralar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, transport va energetika sohalaridagi loyihalarni muhokama qilishdi, deb xabar qilmoqda xolding matbuot xizmati.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” rahbari bilan lokomotivlarni yetkazib berish, temir yoʻllarni va saralash stantsiyalarini avtomatizatsiya qilish loyihalarini muhokama qilindi. Bundan tashqari, “Siemens” delegatsiyasi "Oʻzbekneftgaz" va "Oʻzbekenergo" kompaniyalari bilan ham muzokalar olib bordi.

Xususan, Toshkent, Talimarjon va Sirdaryo IESlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish loyihasida ishtirok etishi, mamlakatning elektr tarmoq xoʻjaligida Smart Grid,  texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, taraflar Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Oripov bilan muloqot chogʻida energetika, transport, sanoat va boshqa sektorlarda umumiy loyihalar haqida toʻxtalib oʻtishdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va “Siemens” kompaniyasi orasida keng koʻlamli loyihalar boʻyicha hamkorlik qilish oʻtgan yilning noyabr oyida boshlangan edi. Oʻshanda sogʻliqni saqlash, isitish energetika kompleksi, shahar infratuzilmasi (“aqlli shahar” kontseptsiyasi) sohasida texnologik sherikchilik toʻgʻrisida shartnomalar imzolangandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala